Leomie Jasmin Francis Anderson (1993-yil 14-fevralda tugʻilgan) – britaniyalik model, teleboshlovchi va faol. 2015-yildan 2018-yilgacha ketma-ket toʻrtta Victoriaʼs Secret moda koʻrgazmalarida qatnashgan va 2019-yilda „Victoriaʼs Secret Angel“ga aylandi. 2020-yilda Forbes jurnalining „30 yoshgacha – sanʼat va madaniyat“ yoʻnalishidagi roʻyxatiga kiritilgan.
Karyerasi Anderson asli Londonning Wandsworth tumanidan boʻlib, ajdodlari orasida yamaykaliklar boʻlgan. 14 yoshida model sifatida kashf etilgan va model sifatida oʻzining faoliyatini boshlagan. Anderson dastlab moda jurnalisti boʻlishni xohlagan. 17 yoshida Marc Jacobs uni podium koʻrgazmasiga taklif qilgan va u dizaynerning sevimli modellari qatoriga kirishga muvaffaq boʻlgan.
2011-yilda Anderson Channel 4 telekanalining „The Model Agency“ nomli realiti-shousida ishtirok etgan.
Anderson Giorgio Armani, Burberry, Chloé, Fenty Puma, Tom Ford, Tommy Hilfiger, Calvin Klein, Ralf Lauren, Moschino, Oscar de la Renta, Jeremy Scott, Temperley, Vivienne Westwood kabi brendlar uchun moda koʻrgazmalarida ishtirok etganLloyd, Kate (2014-12-04). Soo Hoo, Fawnia (2018-10-15). Williams, Tommy (2019-01-21). . 2017-yilda Rihanna asos solgan Fenty Beauty brendi ilk bor taqdim etilganida, Anderson ushbu brend yuzlaridan biriga aylangan. Uning reklama loyihalariga Pat McGrathning kosmetika liniyasi, Uniqlo, Topshop va Jones New York ham kiradi.
2015-yilda Anderson uchinchi tanlovdan soʻng Victoriaʼs Secret modalar shousida ishtirok etishi uchun tanlab olingan va keyingi 4 yil davomida ushbu koʻrgazmada qatnashgan. 2019-yil aprel oyida model Victoriaʼs Secret brendi tarixi davomida oltinchi qora tanli va ilk britaniyalik qora tanli model sifatida „Victoriaʼs Secret Angel“ maqomiga ega boʻlganHarrison, Tiffany (2021-02-12). .
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ingliz ayol modellar Turkum:Qora tanli britaniyaliklar modada Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Britaniyalik ayol moda dizaynerlar