Sulaymon posho (1306 – 1357) – Usmoniylar shahzodasi, sulton Oʻrxon I ning oʻgʻli.

1350-yillarda Sulaymon posho Usmoniylarning Yevropa hududlariga qadar dastlabki kengayish harakatlarida muhim rol oʻynagan. Sulaymon Oʻrxonning toʻngʻich va sevimli oʻgʻli boʻlib, ov paytida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etguniga qadar taxt vorisi hisoblangan.

Onasi Anʼanaviy Usmoniy tarixshunosligida Sulaymon poshoning onasi Nilüfer xotun boʻlgani, shuningdek, Murod I ning onasi ekani qayd etilgan. Biroq bu fikr zamonaviy tarixshunoslar tomonidan rad etilgan. Aslida Sulaymon poshoning onasi Oʻrxonning xotini Efendize xotun boʻlgan, Nilüfer esa 1325-yilda Süleyman tugʻilganidan 20 yil oʻtib, sultonning Usmoniylar imperiyasi haramiga kirgan. Efendize xotun Oʻrxonning amakisi Gündüz beyning qizi edi.

Biografiyasi Sulaymon posho jasur sarkarda boʻlib, u G‘oziy unvoniga munosib koʻrilgan. U Oʻrxonning eng ishonchli qoʻmondonlaridan biri boʻlib, ayniqsa, Frakiyadagi yurishlarda faol ishtirok etgan.

Posho 1331-yilda İznik, 1335-yilda Karesioʻgʻullari, 1337-yilda esa İzmitni zabt etgan. Otasi bu fath etilgan yerlarga hokimlik qilishni unga topshirgan. 1349–1354-yillar oraligʻida u Gallipoli va uning atroflarini qoʻlga kiritgan. Sofiya qamalida muvaffaqiyatga erishmagan boʻlsa-da, u shahar hokimi, Bolgariya podshosi Ivan Aleksandrning oʻgʻli Ivan Asenni oʻldirgan.

1355-yilda Sulaymon posho Dardanell boʻgʻozidan oʻtib, Rumeliyaning bir qismini zabt etdi va u yerda Usmoniylar uchun ilk manzilgohlarni tashkil qildi. Bularga Bulayir (Bolayır), Rodosto (Tekirdağ), Ipsala va Malgara (Malkara) hududlari kiradi. Ular keyinchalik yangi yurishlar uchun tayanch nuqtasiga aylangan. Oʻsha yili u Ivan Aleksandrning yana bir oʻgʻli Mixailni ham oʻldirgan.

Sulaymon posho 1357-yilda Bolayır va Seydikavağı oraligʻida ov paytida otidan yiqilib, halok boʻlgan.

Shuningdek, u boshqargan hududlarda diniy va xayriya inshootlarini qurdirgani bilan ham esga olinadi, bularga misol qilib masjidlar, madrasalar, karvonsaroylar va maktablar barpo ettirganini keltirish mumkin. Bunday inshootlar Bursa, Göynük, Geyve, Akyazı, Izmit, Iznik va Gelibolu shaharlarida mavjud.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Usmoniylar shahzodalari Turkum:Vizantiya–Usmoniylar urushlarida qatnashgan Usmoniylar Turkum:1306-yilda tugʻilganlar Turkum:1357-yilda vafot etganlar Turkum:14-asr Usmoniylar davri shaxslari Turkum:Ot minishda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlar Turkum:Taxtga chiqmasdan vafot etgan vorislar Turkum:Sultonlarning oʻgʻillari Turkum:14-asr Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan shaxslar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari