2025-yil 19-oktyabr kuni qurilish ishchilari kiyimida niqoblangan oʻgʻrilar Parijdagi Luvr muzeyining Apollon galereyasidan 88 million yevro qiymatidagi sakkizta Fransiya qirollik taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketishdi. Oʻgʻrilik odatdagi ish vaqtida sodir etilgan boʻlib, 8 daqiqadan kamroq davom etgan, shundan 4 daqiqa oʻgʻrilar muzey ichida boʻlishgan. Bu 1998-yilda „Le chemin de Sèvres“ rasmi oʻgʻirlangandan beri Luvrda sodir boʻlgan birinchi sanʼat asari oʻgʻriligi boʻldi.

25-oktyabrda Seine-Saint-Denisdan 30 yosh atrofidagi ikki gumonlanuvchi qoʻlga olingan, ulardan biri Charles de Gaulle aeroportida xorijga uchishga tayyorgarlik koʻrayotgan boʻlgan. Manbalar

Turkum:Parij