Ahmad Izzat posho bin Havlu posho al-Obid (; 1851–1924), shuningdek, Arab Izzat Posho () laqabi bilan mashhur suriyalik tadbirkor, Usmoniylar sultoni Abdulhamid II ning ikkinchi kotibi va yaqin maslahatchisiga aylangan. Sulton Abdulhamid II hukmronligining soʻnggi oʻn yilligida eng qudratli davlat arboblaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Hayoti Ahmad Izzat al-Obid Damashqda tugʻilgan. Havlu posho al-Obid uning otasi boʻlgan. Ahmad Izzat Bayrutda taʼlim olgan. U arab, fransuz va turk tillarida soʻzlasha olgan. Posho Istanbulga koʻchib oʻtgan va u yerda Usmoniylar sultoni Abdulhamid II ga maslahatchi sifatida xizmat qilgan. 1908-yildagi Yosh turklar inqilobidan soʻng u Usmoniylar imperiyasini tark etgan va avval Londonda, keyin esa Fransiya va Shveytsariyada yashagan. Keyinchalik posho Misrga koʻchib oʻtgan va 1924-yilda oʻsha yerda yerda vafot etgan.
Al-Obid umri davomida katta boylik toʻplagan. U tadbirkor boʻlib, koʻplab korxona va binolarga egalik qilgan, jumladan, oʻsha davrda Suriyadagi eng yirik sayyohlik mehmonxonasi yaʼni Damashqdagi Viktoriya mehmonxonasi aynan unga tegishli boʻlgan.
Posho Muhammad Ali Bey al-Obidning otasi boʻlgan, Muhammad Ali Bay Majburiy Suriya Respublikasining birinchi prezidenti sifatida xizmat qilgan.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1851-yilda tug‘ilganlar Turkum:1924-yilda vafot etganlar Turkum:Suriyalik tadbirkorlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi siyosiy arboblari Turkum:Usmoniylar imperiyasi muhojirlari Turkum:Birlashgan Qirollikdagi suriyalik muhojirlar Turkum:Fransiyadagi suriyalik muhojirlar Turkum:Shveysariyadagi muhojirlar Turkum:Usmoniylar imperiyasining arab aholisi Turkum:Usmonlilar imperiyasi haqidagi chala maqolalar