Ummon milliy futbol terma jamoasi () – Erkaklar oʻrtasidagi terma jamoalar futbol musobaqalarida Ummon sharafini himoya qiladi va Ummon futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Ummon FIFA Jahon chempionatiga chiqa olmagan, Osiyo Kubogining 5 ta turnirida ishtirok etgan.

Tarix Jahon chempionati va Osiyo kubogi FIFA Jahon chempionatining bir necha saralash turnirida muvaffaqiyatli oʻyinlariga oʻtkazganiga qaramay hozircha final bosqichiga chiqa olmagan. Ummonning Osiyo Kubogidagi eng yaxshi natijasi 2019-yilgi turnirda qayd etilgan boʻlib, 1/8 final bosqichiga qadar yetib borgan.

Koʻrfaz kubogi Oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalarida UFA prezidenti shayx Sayf bin Hoshil al-Masqariy davrida Ummon Osiyo maydonlarida ijobiy natijalarga erishgan. Ummonning sobiq sardori Hani Al-Dhabit 22 ta gol bilan RSSSF tasnifida 2001-yilgi Jahonning eng yaxshi toʻpurari unvoniga sazovor boʻlgan. Hani Al-Dhabit bu sovrinni qoʻlga kiritgan uchinchi arab va birinchi ummonlik futbolchi boʻlgan3rd Arab to receive the award, and first Omani. .

Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 2002-yilgi Fors koʻrfazi kubogida Ummon 5-oʻrinni egallagan va Dofar klubi aʼzosi Hani Al-Dhabit sardorligi ostida Ummon jamoasi turnirning 9 karra gʻolibi Quvayt terma jamoasini magʻlub etgan. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlanib, sardor Al-Dhabit xet-trik qayd etgan. Hani Bahraynga qarshi oʻyinda gol urgan va Qatarga qarshi magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda (2:1) jamoasining yagona golini kiritgan. Turnir yakunida Hani oʻz terma jamoasi uchun gol urgan yagona ummonlik boʻlgan va 5 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi toʻpurari sifatida taqdirlangan.

2004-yilda Dohada boʻlib oʻtgan Arab koʻrfazi kubogida Ummon jamoasi oʻz tarixida birinchi marta finalga chiqqan va oxir-oqibat mezbon Qatar jamoasiga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan. Asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda Qatar penaltilar seriyasida 6:5 hisobida gʻalaba qozongan. Amad Al-Hosni jami 4 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari sovriniga sazovor boʻlgan.

2007-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan Arab koʻrfazi kubogida jamoa ketma-ket ikkinchi marta finalga chiqqan va mezbon Birlashgan Arab Amirliklariga 1:0 hisobida yutqazgan. Ummonliklar finalni hisobga olmaganda, butun musobaqa davomida magʻlubiyatsiz kelgan edi. Ali Al-Habsi ketma-ket uchinchi marta „Koʻrfaz kubogining eng yaxshi darvozaboni“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Al-Habsi bu natija orqalik Koʻrfaz kubogi turnirining 40 yillik tarixida har qanday darvozabon tomonidan koʻproq ushbu mukofotni qoʻlga kiritilgan. Ummon turnir davomida 9 tadan gol urib, Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan bir xil natija qayd etgan.

Koʻrfaz kubogi finalida ketma-ket ikki marta magʻlub boʻlgan Ummon 2009-yilgi Arab koʻrfazi kubogi turnirida mezbon sifatida Saudiya Arabistonini penaltilar seriyasida magʻlub etib, gʻolib chiqqan. Qoʻshimcha boʻlimlarda 0:0 hisobida yakunlangan oʻyinda Ummon penaltilar seriyasida 6:5 hisobida gʻalaba qozongan. Ummon turnir davomida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Maskatdagi turnir Hasan Rabia uchun birinchisi boʻlib, musobaqa davomida 4 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan va „Eng yaxshi toʻpurar“ sovrinini olgan. Ali Al-Habsi ketma-ket toʻrtinchi marta „Eng yaxshi darvozabon“ mukofotini olgan.

Jamoa libosi

Jamoa 2006-yilda Gulf Air bilan titul homiylik shartnomasini imzolagan.

2012-yil 9-may kuni Ummon futbol assotsiatsiyasi 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi – OFKning toʻrtinchi bosqichi uchun Ummon tomonidan kiyiladigan yangi rasmiy jamoa libosini taqdim etgan. Toʻplam UFAning yangi logotipi bilan birga taqdim etilgan. Yangi toʻplam Ummonda joylashgan „Taj Oman“ kompaniyasi tomonidan Ummon terma jamoalari uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik 2012-yil iyun oyida Ummonning Oman Air aviakompaniyasi Ummon futbol assotsiatsiyasining rasmiy avia hamkoriga aylangan.

2014-yil 8-fevralda Ummon futbol assotsiatsiyasi Italiya sport kiyimlari ishlab chiqaruvchisi Kappa bilan hamkorlik oʻrnatganini tasdiqlagan. Kappa sport kiyimlari va UFAning Taj Oman kiyim-kechak brendi oʻrtasida qoʻshma korxona shartnomasi imzolangan. 4 yillik kelishuvga koʻra, Kappa Toj belgisi tushirilgan barcha Ummon milliy futbol jamoalari uchun liboslarni ishlab chiqaradi va Ummonga maxsus sport kiyimlari toʻplamini taqdim etadi. Shartnomaga binoan, milliy terma jamoalar kiyimlarida ham, chakana savdo mahsulotlarida ham har ikkala nom (Kappa & Taj) aks ettiriladi. Shu kuni Oman Air ham UFA bilan shartnomasini 2013-14 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirgan. 2014-yil 16-sentyabrda Ummon futbol assotsiatsiyasi Asia Sports Marketing kompaniyasi bilan assotsiatsiyaning eksklyuziv savdo agenti boʻlish toʻgʻrisida shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

2015-yilning 9-sentyabr kuni Ummon futbol assotsiatsiyasi jamoaning rasmiy havo tashuvchisi sifatida Oman Air bilan bir yillik shartnomani uzaytirgan. Assotsiatsiya aytishicha, kelishuvda Oman Air chiptalarini ajratish asosan kattalar milliy terma jamoasining safarlari uchun moʻljallangan boʻlsa-da, UFA bu imtiyozdan klub jamoalarining Omantel Professional Ligasi (OPL) oʻyinlari uchun Salalaga qiladigan safarlari va milliy yosh guruhlari jamoalarining xorijiy safarlari uchun ham foydalanmoqda. 2015-yil 18-oktyabrda Ummon futbol federatsiyasi yangi ruhiy quvvat beruvchi „Effect“ energetik ichimlik kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzilganini maʼlum qilgan.

DavrIshlab chiqaruvchi1978—1996 Puma1996—2005 Grand Sport2005—2006 Umbro2006—2008 Lotto2008—2012 Adidas2012—2014 Taj Oman2014—2018 Kappa2018—2023 Jako2023— Kappa

Natija va navbatdagi oʻyinlar

2024

2025

Joriy murabbiylar jamoasi

LavozimIsmTexnik direktor Ahmed Al-GharifBosh murabbiy Carlos QueirozMurabbiy yordamchisi Roger De SáDarvozabonlar murabbiyi Vasco ÉvoraFitnes murabbiyi Ricardo SilvaMatch analyst João PeixeiroJamoa menejeri Maqbool Al-BalushiOʻyinchilar bilan aloqalar menejeri Ahmed Hadid Al-MukhainiVazifalar menejeri Ahmed Al-OwaisiJarayon menejeri Kamil Al-BalushiFotosuratchi Salem Al-MuqbaliJamoa shifokori Dr. Mohammed MoulouFizioterapevt Said Al-Balushi Yaqoob Al-MahrouqiUqalashchi Farooq Al-Alawi Ali Al-Haddad

Murabbiylar tarixi Vaqtinchalik boshqaruvchilar kursiv bilan koʻrsatilgan.

Mohammed Al-Khafaji (1974—1976) George Smith (1979) Hamed El-Dhiab (1980—1982) Mansaf El-Meliti (1982) Paulo de Oliveira (1984) Antônio Clemente (1986) Jorge Vitório (1986—1988) Karl-Heinz Heddergott (1988—1989) Bernd Patzke (1990—1992) Heshmat Mohajerani (1992—1994) Rashid Jaber (1995—1996) Mahmoud El-Gohary (1996) Jozef Vengloš (1996—1997) Ian Porterfield (1997) Homayoun Shahrokhi (1997—1998) Valdeir Vieira (1998—1999) Carlos Alberto Torres (2000—2001) Milan Máčala (2001, 2003—2005, 2006—2007) Bernd Stange (2001) Rashid Jaber (2002) Srečko Juričić (2005–2006) Hamad Al-Azani (2006) Gabriel Calderón (2007—2008) Julio César Ribas (2008) Hamad Al-Azani (2008) Claude Le Roy (2008—2010) Hamad Al-Azani (2010—2011) Paul Le Guen (2011—2015) Juan Ramón López Caro (2016) Pim Verbeek (2016—2019) Erwin Koeman (2019) Goran Stevanović (2020) Branko Ivanković (2020—2024) Jaroslav Šilhavý (2024) Rashid Jaber (2024—2025) Carlos Queiroz (2025–hozirgacha)

Futbolchilar Joriy tarkib Quyidagi 24 nafar futbolchi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi – AFCning 2025-yil oktyabr oyida Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi toʻrtinchi davra oʻyinlariga chaqirilgan.

Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻyindan soʻng, 2025-yil 11-oktyabr holatiga koʻra, oʻyin va gollar toʻgʻri.

Yaqinda tarkibga jalb qilinganllar Shuningdek, soʻnggi 12 oy ichida quyidagi futbolchilar ham tarkibga jalb etilgan.

PRE

PRE

INJ

PRE

PRE

PRE

Notes INJ = Jarohat tufayli voz kechildi PRE = Dastlabki tarkib WD = Jarohat bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor qilindi

Rekordlar

Qalin harfdagi oʻyinchilar hali ham Ummon terma jamoasida faoliyat olib bormoqda.

Eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar

№IsmOʻyinGolFaoliyat davri 1Ahmed Mubarak 183 23 2003–2019 2Fawzi Bashir 151 30 2001–2013 3Ali Al-Habsi 138 0 2001–2019 4Hassan Mudhafar 128 6 2003–20155Amad Al-Hosni 127 38 2003–2015Mohammed Al-Musalami 127 3 2010–hozirgacha 7Saad Al-Mukhaini 116 1 2006–2019 8Harib Al-Saadi 114 1 2016–hozirgacha 9Ahmed Hadid 107 9 2003–2013 10Ali Al-Busaidi 105 4 2013–hozirgacha

Eng yaxshi toʻpurarlar

№IsmGolOʻyinOʻrtachaFaoliyat davri 1Hani Al-Dhabit 43 102 1997–2014 2Amad Al-Hosni 38 127 2003–2015 3Abdulaziz Al-Muqbali 34 100 2011–2021 4Fawzi Bashir 30 151 2000–2013 5Ahmed Mubarak 23 180 2003–2019 6Issam Al-Sabhi 19 64 2019–hozirgacha7Khalid Al-Hajri 18 45 2017–2022Hashim Saleh 18 75 2001–20109Hassan Rabia 17 52 2008–2013Muhsen Al-Ghassani 17 71 2017–hozirgachaBadar Al-Maimani 17 71 2003–2012

Musobaqalardagi natijalar

FIFA jahon chempionati FIFA jahon chempionati natijalariSaralash natijalariYilBosqichOʻrinTarkib 1930 – 1982FIFA aʼzosi emasFIFA aʼzosi emas 1986Ishtirok etmaganIshtirok etmagan 1990Saralanmagan6024211 19946222105 19986411142 2002146444019 20066312143 2010842297 2014166551516 20188422117 20221810262716 2026187472118 2030AniqlanmoqdaAniqlanmoqda 2034Umumiy 106462535163104

AFC Osiyo kubogi

AFC Osiyo kubogi natijalariSaralash natijalariYilBosqichOʻrinTarkibPldWDLGFGA 1956 – 1980AFC aʼzosi emasAFC aʼzosi emas 1984Saralashdan oʻtmagan4112915 1988Ishtirok etmaganIshtirok etmagan 1992Saralashdan oʻtmagan200205 19966402235 2000310244 2004Guruh bosqichi9-oʻrin311143Tarkib6501242 200715-oʻrin302113Tarkib6402146 2011Saralashdan oʻtmagan622244 2015Guruh bosqichi12-oʻrin310215Tarkib642071 20191/8 final16-oʻrin410346Tarkib149233912 2023Guruh bosqichi17-oʻrin302123Tarkib8602166 2027Saralangan6411112Umumiy1/8 final6/12163581220674081915162

Arab kubogi FIFA Arab kubogidagi natijalarYilBosqichOʻrin 1963–1964 Kiritilmagan 1966 Guruh bosqichi 101001121 1985–1992 Kiritilmagan 1998Olib tashlandgan 2002–2012 Kiritilmagan 2021 Chorak final 8411265 2025AniqlanmoqdaUmumiy 5113726

Koʻrfaz kubogi Koʻrfaz kubogidagi natijalarYilBosqichOʻrinTarkib 1970Kiritilmagan 1972 1974Birinchi bosqich6200209 1976Yettinchi oʻrin76015321 1979Yettinchi oʻrin76006121 1982Oltinchi oʻrin65005215 1984Yettinchi oʻrin7602439 1986Yettinchi oʻrin76015411 1988Yettinchi oʻrin7611439 1990Toʻrtinchi oʻrin4403146 1992Oltinchi oʻrin65005110 1994Oltinchi oʻrin6502349 1996Oltinchi oʻrin6502327 1998Toʻrtinchi oʻrin45113612 2002Beshinchi oʻrin5511357 2003–04Toʻrtinchi oʻrin4622264 2004Ikkinchi oʻrin25311107 2007Ikkinchi oʻrin2540174 2009Chempion1532070Tarkib 2010Guruh bosqichi6303011 2013Guruh bosqichi7301214Tarkib 2014Toʻrtinchi oʻrin4512275Tarkib 2017–18Chempion1531141Tarkib 2019Guruh bosqichi5311134Tarkib 2023Ikkinchi oʻrin2531186Tarkib 2024–25Ikkinchi oʻrin2312143 2026AniqlanmoqdaUmumiy2 ta sovrin1-oʻrin 111 23 29 59 91 180

GʻOFF chempionati GʻOFF chempionatidagi natijalarYilBosqich 2000GʻOFF aʼzosi emas 2002 2004 2007 2008Guruh bosqichi200225 2010Guruh bosqichi201124 2012Uchinchi oʻrin530254 2014Guruh bosqichi202000 2019Kiritilmagan 2026SaralanganUmumiyUchinchi oʻrin11335913

MOFA millatlar kubogi MOFA Millatlar Kubogidagi natijalariYilBosqich 2023Uchinchi oʻrin421144 2025Toʻrtinchi oʻrin422064UmumiyUchinchi oʻrin8431108

Osiyo oʻyinlari Osiyo oʻyinlaridagi natijalarYilBosqich1951–1978Kiritilmagan 1982Olib tashlandgan1986–1990Kiritilmagan 199411-oʻrin311144 199811-oʻrin52121413Umumiy 83231817

Arab oʻyinlari Arab oʻyinlaridagi natijalarYilBosqichOʻrin 1953–1961 Kiritilmagan 1965Guruh bosqichi104004245 1976–1985 Kiritilmagan 1997Guruh bosqichi7302146 1999Guruh bosqichi8402227 2007Kiritilmagan 2011Guruh bosqichi9201102Umumiy 13058860

Oʻzaro oʻyinlardagi natijalar Qatarga qarshi oʻyindan keyin 2025-yil 8-oktyabrda yangilangan.