Sankt-Peterburg shartnomasi –1834-yil 29-yanvarda Usmoniylar hukumati va Rossiya imperiyasi oʻrtasida imzolangan. Ushbu shartnoma qoʻshinlarning Knyazliklar hududidan chiqarilishini, Usmoniylarning oʻlpon toʻlash majburiyatlarini avval belgilangan miqdorning uchdan bir qismigacha kamaytirishni nazarda tutgan holda Adrianopol shartnomasi (1828–1829-yillardagi Rus-Turk urushini yakunlagan shartnoma) boʻyicha ayrim ogʻir majburiyatlarni yengillashtirgan.
Manbalar
Turkum:19-asr Rossiya imperiyasida Turkum:1834-yil Rossiya imperiyasida Turkum:1834-yil Usmoniylar imperiyasida Turkum:1834-yilda tuzilgan shartnomalar Turkum:1834-yil yanvar oyi voqealari Turkum:Usmoniylar imperiyasi va Rossiya o‘rtasidagi shartnomalar Turkum:Usmonlilar imperiyasi haqidagi chala maqolalar