Parishon koʻli () – Eronning Fors ustoni Jereh va Balada shahristonida joylashgan koʻl. Parishan koʻli mamlakatdagi eng katta chuchuk suv koʻli hisoblanadi. U irmoq daryolardan juda oz miqdorda suv oladi va koʻlning butun maydoni yoki botqoqligi jahon miqyosida muhim boʻlgan botqoqlik ekotizimi sifatida muhofaza qilinadigan hudud hisoblanadi. Ushbu hududda yana Arjan koʻli ham mavjud. Butun muhofaza etiladigan hudud „Arjan milliy bogʻi“ deb ataladi. Bu hudud qushlar uchun muhim boshpanadir.

Oʻtmishda bu hududda va Eronning boshqa hududlarida Osiyo sherlari yashagan. Hozir esa Yevrosiyo yovvoyi tabiati boʻyicha, ushbu sherlar turining qolgan oz sonli aʼzolari Hindistonning Katxiyavar yarimorolida joylashgan Gir oʻrmoni atrofida uchraydi. 1977-yilda Gir sherlarini koʻl atrofidagi hududga koʻchirish rejasi taklif qilingan, biroq amalga oshmay qolgan. Bu hududda Arjan qishlogʻi joylashgan boʻlib, u qishloq xoʻjaligi uchun muhim hududdir. Sherlarni olib kelish uchun esa dalalarni ajratish va dehqonlarni boshqa joylarga koʻchirish talab qilingan boʻlardi. Shu sababli Hindistonning oʻzida ham sherlarni Gir oʻrmonidan boshqa hududlarga koʻchirish qiyin boʻlmoqda. Shunday boʻlsa-da, Eronda sherlar populyatsiyasini tiklash niyati 21-asrda ham davom etdi, va 2019-yil fevral oyida Eron Buyuk Britaniyadagi Bristol hayvonot bogʻidan „Kamron“ nomli erkak sherni, iyun oyida esa Irlandiyaning Dublin hayvonot bogʻidan „Eilda“ nomli urgʻochi sherini olib, ularni Tehron hayvonot bogʻiga joylashtirdi. Maqsad – sherlarni koʻpaytirish va tabiatga qayta qoʻyib yuborish edi.

Geografik joylashuvi Bu koʻl sharqiy uzunlik boʻyicha 51 daraja 44 minutdan 51 daraja 51 munitgacha, shimoliy kenglik boʻyicha esa 29 daraja 32 minut 30 sekund oraligʻida joylashgan. Uning maydoni 4300 gektarni tashkil qiladi va dengiz sathidan balandligi 820 metrdir. Uning suv yigʻish hududi 266,5 kvadrat kilometr boʻlib, eng katta koʻl maydoni odatda aprel oyida kuzatiladi.

Bioxilma-xilligi Florasi Bu koʻlda fitoplankton, spirogyra, nitzschia, lemanea, gomphosphaeria, gymnodinium kabi qoʻpol yoki nozik suv oʻtlari va yashil suv oʻtlari toifasiga kiradigan choʻkma suv oʻtlari oʻsadi. Parishon koʻlida suv ostida butunlay oʻsadigan oʻsimliklarga quyidagilar kiradi: najadaceae va ceratophyllaceae oilalariga mansub oʻsimliklar boʻlib, ular butunlay suv ostida oʻsadi, faqat gullari suv yuzasiga chiqishi mumkin. Bu ekotizimda quyidagi kabi turli oʻsimliklar ham mavjud: phragmites, typhaceae, cyperaceae, loladoshlar.

Faunasi Parishon koʻlida 10 turdagi baliq yashaydi. Ularning oʻrtacha koʻpligi quyidagi tartibda: capoeta barroisi, shishamo, Mesopotamiya ximri, Yevrosiyo zogʻora balig'i, hypostomus plecostomus, crucian carp, anguillidae, liza abu va shabout.

UNESCO roʻyxatida Bu koʻl Ramsar konvensiyasi boʻyicha xalqaro botqoqlik sifatida roʻyxatga olingan va mintaqa boʻlinishida muhofaza qilinadigan hudud hisoblanadi.

Koʻlning qurib borishi Barqaror boʻlmagan qishloq xoʻjaligi uchun qazilgan 1 300 ta quduq Parishon koʻlining qurib borishining asosiy sababi boʻlgan.

Yana qarang Kazerun Maharlu koʻli

Manbalar

Turkum:Eron koʻllari Turkum:Fors ustoni geografiyasi