Al-Busiriy masjidi (), shuningdek, Masjid va-Qubbat Sharaf al-Din al-Busiriy va Imom al-Busiriy masjidi nomi bilan tanilgan, Iskandariyaning Anfoushi mahallasida, Misr shimoliy qirgʻoqlarida joylashgan. XIII asrda Iskandariyada yashagan soʻfiylik imomi al-Busiriy sharafiga nomlangan. Uning maqbarasi ham aynan shu yerda joylashgan.
Masjid Abu al-Abbos al-Mursiy masjidi va Sidi Yoqut al-Arsh masjidi bilan yonma-yon joylashgan boʻlib, uchala masjid ham markaziy sahnga qaraydi.
Tarixi 1858-yilda Imom al-Busiriyning maqbarasi joylashgan yerda masjid qurilishi boʻyicha Misr voliyi Muhammad Said posho hukmi bilan barpo etilgan.
1898-yilda masjid Tevfik posho hukmi bilan restavratsiya qilingan. 1934-yilda shoh Fuad I Abu al-Abbos masjidi kengaytirilishi uchun 3200 kvadrat metr maydonli sahn qurishni buyurgan. Hududdagi barcha binolar keng koʻlamli restavratsiyadan oʻtgan. Italyan meʼmori Mario Rossi tomonidan masjidlarning dizayn va bezaklari rejalashtirilgan, 1943-yilgacha loyiha yakuniga yetkazilgan. 2006-yilda Iskandariya muhofazasi Islomiy Qadimiy yodgorliklar boʻlimi al-Busiriy masjidini restavratsiya qilish uchun 3 million Misr funti miqdorida mablagʻ ajratilganini eʼlon qilgan.
Meʼmorchiligi Masjidda 2 ta alohida sahn mavjud, birinchi sahnda favvora joylashgan, ikkinchi sahn esa ayvonni oʻz ichiga oladi, ushbu ayvon qiblaga qaraydi. Ayvon masjid hovlisidan biroz balandroq joylashgan. Masjidda shuningdek, ziyorat qilinadigan xona ham bor boʻlib, kvadrat shaklida. Ushbu xonada Imom al-Busiriyning maqbarasi joylashgan va usti muqarnasli gumbaz bilan qoplangan.
Masjidning minorasi Yangi Mamluk meʼmorchiligi uslubida qurilgan. Bu uslub qoʻshni Abu al-Abbos al-Mursiy masjidi va Sidi Yoqut al-Arsh masjidi bilan bir xil.
Galereya
Yana qarang Misrdagi masjidlar roʻyxati Misrda islom
Manbalar
Havolalar
Turkum:19-asr Misrdagi masjidlari Turkum:Iskandariyadagi maqbaralar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:1850-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Iskandariyadagi masjidlar Turkum:Misrdagi Usmoniylar masjidlari