Sidi Yoqut al-Arsh masjidi () – Misrning shimoliy sohili, Iskandariya shahri, Anfushiy mahallasida joylashgan masjid. XIII asrda Iskandariyada yashagan imom Yoqut al-Arsh sharafiga nomlangan.
Masjid al-Busiriy masjidi va Abu al-Abbos al-Mursiy masjidi yonida joylashgan boʻlib, uchala masjid ham yagona markaziy sahnga qaragan.
Tarixi Yoqut al-Arsh 1331-yilda vafot etgan va mashhur ustozi hamda qaynotasi Abu al-Abbos al-Mursiy masjidi yoniga, shuningdek, oʻsha paytdagi zaviyasi boʻlgan al-Busiriy majmuasi yoniga dafn qilingan.
1934-yilda qirol Fuod I kengaytirilgan Abu al-Abbos masjidi uchun 3200 kvadrat metr hajmdagi yangi sahn qurilishini buyurgan. Busiriyning zaviyasi joyida yangi masjid qurilgan, shuningdek, Yoqutning qabri ustida ham yangi masjid barpo etilgan. Hududdagi barcha binolar italiyalik meʼmor Mario Rossi tomonidan keng koʻlamda qayta qurilgan va bezatilgan. Meʼmor loyihalash va bezatish ishlarida 1943-yilda majmua toʻliq yakunlangunga qadar ishtirok etgan. 2023-yilda esa tarixiy masjidlarni restavratsiya qilish boʻyicha yirik loyiha doirasida masjid kapital taʼmirdan chiqarilgan.
Qurilishi
Masjidning kirish darvozasi katta boʻlib, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Ichki qismi oltiburchak shakldagi mozaikali ustunlarga tayangan. Masjid sahnining shimoliy tomonida 3 ta eshik joylashgan. Oʻrta eshik ziyoratgohga olib oʻtadi, ziyoratgohning markazida Sidi Yoqut al-Arshning qabri joylashgan.
Yana qarang
Misrdagi masjidlar roʻyxati Misrda islom Iskandariyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:20-asr Misrdagi masjidlari Turkum:Iskandariyadagi maqbaralar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:1943-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Iskandariyadagi masjidlar