Jésah Mabepa Ayessa Ondze (2000-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Ayessa FC Maisons-Alfort, Tuluz Fontaines va Istres yoshlar akademiyalarining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻzining professional futboldagi faoliyatini 2019-yilda Sochaux klubining farm jamoasida boshlagan. 2020-yil 22-iyunda Gueugnon jamoasiga oʻtgan. Jésah keyinchalik Sent-Alban klubida Regional 1 ligasida oʻynagan. 2022-yil 11-avgustda Romorantin jamoasiga oʻtgan. 2023-yil yozida Le Puy jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2024-yil 27-mayda esa Liga 2 ishtirokchisi Ajaccio klubiga 2027-yilgacha shartnoma asosida oʻtgan.

2025-yil 16-dekabrda Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi Samarqandning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

Shaxsiy hayoti Fransiyada tugʻilgan Ayessaning kelib chiqishi Brazzavil-Kongo xalqiga borib taqaladi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Parijlik futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:FC Sochaux-Montbéliard futbolchilari Turkum:FC Gueugnon futbolchilari Turkum:Saint-Alban Aucamville FC futbolchilari Turkum:SO Romorantin futbolchilari Turkum:Le Puy Foot 43 Auvergne futbolchilari Turkum:AC Ajaccio futbolchilari

Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Championnat National 2 futbolchilari Turkum:Championnat National 3 futbolchilari