Didier Claude Deschamps (1968-yil 15-oktabrda tugʻilgan, Dédé laqabiga ega) – fransiyalik professional futbol murabbiyi, 2012-yildan beri Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda.

Didier 1985—2001-yillarda professional futbolchi sifatida faoliyat olib borgan va tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan. Fransiya, Italiya, Angliya va Ispaniyadagi bir nechta klublarda, xususan, Marsel, Yuventus, Chelsi va Valensiya, shuningdek, Nantes va Bordo jamoalarida oʻynagan. „Suvchi“ () laqabli Deschamps aqlli va mehnatkash tayanch yarim himoyachi boʻlib, u toʻpni qaytarib olishda va keyinchalik hujumlarni boshlashda ajoyib oʻyinchi boʻlgan. Deschamps faoliyati davomida yetakchiligi bilan ajralib turgan. Fransiya terma jamoasi futbolchisi sifatida 103 ta oʻyinda maydonga tushgan va uchta UEFA Yevropa chempionati va bitta FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan. Milliy terma jamoa sardori sifatida 1998-yilgi Jahon chempionati va 2000-yilgi Yevropa chempionatida chempionlikka erishgan.

Deschamps Marsel klubi tarkibida 1990 va 1992-yillarda ikkita 1-divizion chempionligini qoʻlga kiritgan. 1992–93-yilgi mavsum „Marsel“ jamoasi bilan UEFA Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan va ushbu turnirda chempion boʻlgan birinchi fransuz klubiga aylangan. Bu vaqtga kelib Deschamps jamoa sardori edi va Chempionlar Ligasidagi gʻalaba qozongan eng yosh sardorga aylandi. 1994–95-yilgi mavsum avvalida Yuventus tarkibiga oʻtgan. „Yuventus“ klubi bilan 1996-yildan 1998-yilgacha ketma-ket uchta Chempionlar Ligasi finalida oʻynadi va 1996-yilda Serie A turnirida chempionlikni qoʻlga kiritgan. Turin jamoasi bilan UEFA Superkubogi va Qitʼalararo kubokni, shuningdek, uchta A Seriya chempionligini va boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritgan. „Chelsea“ bilan u 1999–2000-yillarda Angliya Kubogini qoʻlga kiritgagn. 2001-yilda „Valensiya“ klubi bilan yana bir Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan. Mavsum yakunida esa futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Franz Beckenbauer keyin u futbol tarixida Chempionlar Ligasi, Jahon kubogi va Yevropa chempionati kubogini qoʻlga kiritgan ikkinchi sardor boʻlgan. Ularning bu natijasini keyinchalik Iker Casillas takrorlagan.

Murabbiy sifatida Deschamps faoliyatini Monako klubida boshlagan va 2003-yilda jamoa bilan Liga Kubogida gʻalaba qozongan. 2004-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan va 2004-yilda Ligue 1 ning „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb topilgan. 2006–07-yilgi mavsumda sobiq klubi „Yuventus“ klubiga murabbiy sifatida tayinlangan va Seriya B chempionligini qoʻlga kiritishgan, A Seriyaga qaytishga yordam bergan. Keyinchalik u sobiq klublaridan biri boʻlgan „Marsel“ klubini ham boshqargan. 2009–10-yilgi mavsumda Ligue 1 chempionligini, shuningdek, 2010 va 2012-yillar oraligʻida ketma-ket uchta Fransiya Liga kubogi va 2010 va 2011-yillarda ketma-ket Fransiya Superkubogi sovrinlarini qoʻlga kiritgan.

2012-yil 8-iyulda Deschamps Fransiya terma jamoasining yangi murabbiyi etib tayinlandi. U jamoani 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatining chorak finaliga, UEFA Yevro-2016 finaliga, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻalaba qozonishga va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida ketma-ket ikki finalga olib chiqqan. 2018-yilda Jahon chempionatida gʻalaba qozongan Desham, Mário Zagallo va Franz Beckenbauer bilan birga, ham futbolchi, ham murabbiy sifatida Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan uchinchi inson boʻldi – ularning ikkalasi ham 2024-yil yanvar oyida ikki kun farq bilan vafot etdilar va Desham bu bosqichga yetib kelgan yagona tirik inson boʻlib qoldi. Desham Beckenbauerdan keyin sardor sifatida buni uddalagan ikkinchi inson sifatida qayd etildi.

Boshqaruv uslubi Desham ilk murabbiylik faoliyatini Monako jamoasida boshlagan. Klub bilan Yevropaning eng yaxshi taktik jamaoalaridan biri sifatida 2003–04-yilgi Chempionlar Ligasidagi oʻyinlarida qarshi hujum uslubi bilan nom qozongan.

Fransiya terma jamoasidagi muvaffaqiyatlari tufayli Deschamps aqlli turnir menejeri sifatida tanilgan va mustahkam poydevor va mehnatsevarlikka ega jamoalarni tuzgan. Darvozabon Hugo Lloris uni „xotirjam va vazmin“ deb taʼriflaydi, bu esa oʻyinchilarga ham taʼsir qiladi. U shuningdek, tushunish va pragmatizm, sogʻlom fikr va moslashuvchanlikni ham oʻzida mujassam etgan. Uning bu fazilatlari yanada jozibali isteʼdodlarga ega yarim himoyachilarning murabbiyi sifatida juda yaxshi xizmat qilgan.

2018-yilgi Jahon chempionati paytida Desham yarim himoyachi Blaise Matuidini yangi pozitsiyada sinab koʻrdi. Uni maydon markazida emas, balki chap qanot himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida 4-2-3-1 sxemasida oʻynatdi. Ushbu tizimda chap qanotni himoyaviy ravishda qoplash orqali jamoaga muvozanatni taʼminlashga yordam bergan va shu bilan raqib himoyachilarining qarshi hujum xavfini cheklagan. Bu oʻz navbatida Kylian Mbappéga oʻng qanotdan hujum qilish va himoyaga qaytmaslik sharoitini yaratgan. Bundan tashqari, Matuidi koʻpincha maydon markazida oʻtirib, yarim himoyada pleymeyker Paul Pogbaga, shuningdek, N'Golo Kantéga himoyalanish vaqtida yordam koʻrsatish va raqiblarining yarim himoyasidagi boʻshliqlaridan unumli foydalanishga yordam berardi. Deschamps musobaqada davrida markaziy hujumchi Olivier Girouddan soxta 9-hujumchi sifatida foydalangan. Giroud oʻzining jismoniy kuchidan foydalanib, hujumchilar Antoine Griezmann va Mbappe uchun boʻsh hudud va imkoniyatlar yaratgan. Jamoadoshlariga imkoniyatlar yaratish va gol urish erkinligini berdi. Bunday uslubda 1998-yilgi jahon chempionatida Fransiya tarkibida chempion boʻlgan, Deschamps jamoadoshi hujumchi Stéphane Guivarc'h harakat qilgan. Biroq, uning pragmatik va himoyaviy uslubi Fransiyaning turnirdagi yarim finaldagi gʻalabasidan soʻng bir nechta belgiyalik futbolchilarning tanqidiga sabab boʻlgan.

2022-yilgi Jahon chempionati davrida, Fransiya terma jamoasining bir nechta asosiy yarim himoyachilarining jarohatlari tufayli, Deschamps Grizmanndan markaziy yarim himoyachi sifatida foydalagan. Bunda u oʻzining maydonni koʻra olishi, ish tezligi va himoya va hujumni bogʻlash qobiliyati tufayli ajoyib oʻyin koʻrsatdi.

Deschamps oʻz oʻyinchilari bilan ijobiy munosabatlarni rivojlantirish orqali jamoada yaxlit muhit yaratishga katta ahamiyat beradi. Oʻyinchilarining shaxsiyati va ularning bir-biri bilan qanday aloqada boʻlishlarining muhimligiga ishonadi. Shuningdek, u oʻz xodimlari va oʻyinchilari bilan professional munosabatlarida oʻrnak boʻlishni yoqtiradi. Oʻyin vaqtida toʻpni nazorat qilishni yoqtirsa-da, koʻpincha oʻzining vertikal va hujumga tez oʻtishningmuhimligini taʼkidlaydi. Taktik jihatdan Deschamps oʻyinchilariga zaxira oʻrindigʻidan koʻrsatma bermasdan oʻyinlarning rivojlanishiga yoʻl qoʻyishni yoqtiradi va oʻyinchilarini haddan tashqari nazorat qilishni yoqtirmaydi. U oʻyinni kuzatishni va xodimlari bilan har qanday mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni muhokama qilishni yoqtiradi.

Shaxsiy hayot Desham 1989-yilda Claude Antoinettega uylangan. Ularning 1996-yilda tugʻilgan Dilan ismli oʻgʻli bor. U katolik oilasida tarbiyalangan. Deshamning ukasi Filipp Desham 19 yoshida aviahalokatda vafot etgan, bu uning soʻzlariga koʻra „[uning] hayotini belgilab bergan“.

Didier nafaqadagi professional tennischi va 1998-yilgi Uimbldon finalchisi Nathalie Tauziatning amakivachchasi hisoblanadi.

Faoliyat statistikasi

Klub + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarClubMavsumLigaMilliy kubokYevropaBoshqaUmumiyDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarNantes1985–86Division 1700010—801986–87Division 11901020—2201987–88Division 130230——3321988–89Division 136150——4111989–90Division 119100——191Jami11149030001234Marseille1989–90Division 11715340—2641991–92Division 13644040—4441992–93Division 136130110—5011993–94Division 134040——380Jami1236163190001589Bordeaux (ijara)1990–91Division 12931040—343Juventus1994–95Serie A1413060—2311995–96Serie A3021080104021996–97Serie A26130100204111997–98Serie A2500080103401998–99Serie A290109010400Jami124480410501784Chelsea1999–2000Premyer-liga27060141—471Valencia2000–01La Liga1301070—210Umumiy faoliyat statistikasi427174138815056121

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarFransiya1989521990611991601992110199380199440199550199612019976119981701999902000140Jami1034 Hisob va natijalar birinchi boʻlib Fransiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Deschampsning har bir golidan keyin natijani koʻrsatadi. +Didier Deschamps’ning xalqaro miqyosda urgan gollari roʻyxati№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa11989-yil 11-oktyabrParc des Princes, Parij, Fransiya1–03–01990-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi21989-yil 18-noyabrStadium Municipal, Toulouse, Fransiya1–02–01990-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi31990-yil 24-yanvarAl-Sadaqua Walsalam, Kuwait City, Kuvayt3–03–0Oʻrtoqlik uchrashuvi41997-yil 22-yanvarEstádio Primeiro de Maio, Braga, Portugaliya1–02–0Oʻrtoqlik uchrashuvi

Murabbiylik statistikasi

+Jamoa va lavozim boʻyicha menejerlik natijalariJamoaBoshlanish davriTugash davriNatijalarMonaco2001-yil 1-iyul2005-yil 19-sentyabrJuventus2006-yil 10-iyul2007-yil 26-mayMarseille2009-yil 1-iyul2012-yil 2-iyulFransiya2012-yil 8-iyulHozirgachaUmumiy

Yutuqlari

Futbolchi Marseille

Ligue 1: 1989–90, 1991–92 UEFA Chempionlar Ligasi: 1992–93

Juventus

Serie A: 1994–95, 1996–97, 1997–98 Italiya kubogi: 1994–95 Italiya Superkubogi: 1995, 1997 Qitʼalararo kubok: 1996 UEFA Chempionlar Ligasi: 1995–96; ikkinchi oʻrin egasi: 1996–97, 1997–98 UEFA kubogi ikkinchi oʻrin: 1994–951994–95 All matches UEFA Cup – season at UEFA website UEFA Intertoto kubogi: 1999 UEFA Superkubogi: 1996

Chelsea

Angliya kubogi: 1999–2000

Valensiya

UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi oʻrin: 2000–01* 2000–2001 All matches – season at UEFA website

Fransiya

Futbol boʻyicha jahon chempionati: 1998 UEFA Yevropa chempionati: 2000

Shaxsiy sovrinlar

Division 1 Rookie of the Year: 1989 Onze Mondial: 1992, 1993, 1996, 1997 Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 1996 UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 1996 FIFA 100: 2004 OM ning 110 yillik Orzu Jamoasi: 2010 Golden Foot mukofoti afsonalari: 2018

Murabbiy Monaco

Fransiya Liga kubogi: 2002–03 UEFA Chempionlar Ligasi ikkinchi oʻrin: 2003–04

Juventus

Serie B: 2006–07

Marseille

Ligue 1: 2009–10 Fransiya Liga kubogi: 2009–10, 2010–11, 2011–12 Fransiya Superkubogi: 2010, 2011

Fransiya

FIFA Jahon chempionati: 2018; Ikkinchi oʻrin: 2022 UEFA Millatlar ligasi: 2020–21; Uchinchi oʻrin: 2024–25 UEFA Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sovrindori: 2016

Shaxsiy sovrinlar

Liga 1 yilning eng yaxshi murabbiyi: 2004 FIFAning eng yaxshi futbol murabbiyi: 2018 Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi murabbiyi: 2018 World Soccer Magazine tomonidan yilning eng yaxshi jahon menejeri: 2018 IFFHSning jahondagi eng yaxshi milliy murabbiyi: 2018, 2020

Ordenlar

Faxriy legion ordeni: 1998 Faxriy legion ordeni: 2018

Yana qarang

Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Aviron Bayonnais FC futbolchilari Turkum:FC Nantes futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:FC Girondins de Bordeaux futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Valencia CF futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:2026-yilgi FIFA jahon chempionati murabbiylari