Ahmad Ibrohim masjidi (Qadimgi indonez yozuvi: مسجد أحمد إبراهيم) – Singapurning Yishun va Tomson hududlari orasidagi Jalan Ulu Seletar boʻylab joylashgan masjid. Singapurlik siyosatchi, 1959–1961-yillarda Mehnat vaziri boʻlib xizmat qilgan Ahmad bin Ibrohim nomi bilan atalgan.
Tarixi Bu joy dastlab sarau yaʼni namozxona sifatida tashkil etilgan. Binoning qachon tashkil etilgani manbalarda turlicha koʻrsatilgan. Ularga koʻra, inshoot 1955, 1956, 1957 yoki 1958-yillarda bunyod etilgan. Barcha manbalar namozxonaning 1950-yillarning oʻrtalari yoki oxirlarida tashkil etilganini qayd etadi. Namozxona hozirgi zamonaviy Sembawang hududidagi qishloqlar aholisi uchun xizmat qilgan. 1959-yilda oʻsha paytda Sogʻliqni saqlash vaziri sifatida xizmat qilgan Ahmad bin Ibrohim tomonidan ajratilgan mablagʻ hisobiga rekonstruksiya qilingan. Atrof hududda musulmonlar soni ortib borgani sababli namozxona 1962-yilda jamoat masjidi maqomini olgan. Keyinchalik inshootning rekonstruksiya ishlari uchun katta hissa qoʻshgan Ahmad bin Ibrohimning nomi bilan atalgan.
Kamida 1970-yillardan buyon qayta taʼmirlash ishlari olib borilgan. Soʻngra 1980-yillarning oxirida Ahmad Ibrohim masjidini kengaytirish rejasi eʼlon qilingan. 1997-yildan boshlab qurilish ishlari davom etar ekan, jamoat namozlari masjid atrofidagi vaqtinchalik belgilangan joylarda oʻqilgan. Qurilish tugagach, jamoat namozlari yana masjidning oʻzida davom ettirilgan.
Masjid chekka va uncha maʼlum boʻlmagan hududda joylashgani hamda hajmi tufayli jamoatchilik eʼtiborini tortgan. Jamoat namozlaridan tashqari, bu yerda mahalla tadbirlari va madrasa taʼlimi ham tashkil qilingan.
Yana qarang Singapurdagi masjidlar ro‘yxati
Manbalar
Havolalar Masjid Ahmad Ibrohimning rasmiy veb-sayti Masjid Ahmad Ibrohim Majlis Ugama Islam Singapura saytida
Turkum:1955-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Singapurdagi masjidlar Turkum:Singapurda 20-asr me’morchiligi