G‘aybulla Tursunov (1994-yil 3-yanvar, Namangan viloyati, Chortoq tumani, Chortoq) — o‘zbek estrada xonandasi.

Hayoti va ta’limi G‘aybulla Tursunov 1994-yil 3-yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumani, Chortoq shahrida tug‘ilganYandex Video, “G‘aybulla Tursunov ‘qamalgani’, Jahongir Otajonov, The cover up nohaqliklarini dangal gapirdi | YashinTV | Дзен”, Yandex video preview, 18-avgust-2021. https://yandex.uz/video/preview/18431035087782548140. U oilada to‘rt farzandning eng kichigi bo‘lib, oilasida san’at sohasi vakillari yo‘q.

2005-yilda R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida tahsil olishni boshlagan. 2018-yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining „Akademik xonandalik“ yo‘nalishini tamomlagan. Xonanda Gʻaybulla Tursunov Galina Muhammedova, Ra’no Yoʻldasheva va Avaz Rajabovlardan san’at sohasida dars olgan.

U Olimpiadada qatnashgan sportchilarni tabrikladi..

Ijodiy faoliyati G‘aybulla Tursunov mashhur xonanda Jahongir Otajonovning shogirdi hisoblanadi.

2013-yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan „Серебряное кольцо“ ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, 1-o‘rinni egallagan. 2018-yilda „Cover Up“ teleko‘rik-tanlovida qatnashib, 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan. 2021-yilda o‘zining ilk mualliflik qo‘shig‘i — „Yaxshi ko‘rardim“ni ommaga taqdim etgan.

Gʻ.Tursunov oʻzining ilk yakkaxon konsertini 2024-yilda taqdim etgan. 2025-yilda esa ikkinchi „Shunchaki“ nomli konserti boʻlib oʻtgan.

Uning ijodida „Seni deb“, „Daydi“, „Janona“, „Yor“, „Xastamanu“, „Onamga qimmatga tushdi“, „Yolg‘on ekan“, „Leylim“ kabi qo‘shiqlar alohida o‘rin tutadi.

Xonanda tomonidan 2025-yilda yaratilgan „Quralay“ qo‘shig‘i Armanistonning „Ladaniva“ guruhi tomonidan ijro etilgan „Saraiman“ taronasidan ilhomlanib yaratilgan.

„Janona“ va „Xastamanu“ qo‘shiqlariga ishlangan videokliplar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Qo‘shiqlari G‘aybulla Tursunov ijodida quyidagi qo‘shiqlar muhim o‘rin tutadi:

Yaxshi ko‘rardim (2021)

Seni deb

Daydi

Janona

Yor

Xastamanu

Onamga qimmatga tushdi

Yolg‘on ekan

Leylim

Quralay

Istayman – Jasmin bilan

Koʻcha

Olloh saqalasin – Cover

Sevsam yetar – Cover

Taram-taram

Qaro-qaro Kelmadi

Mukofot va e’tiroflari

2013 — „Серебряное кольцо“ tanlovi, 1-o‘rin.

2018 — „Cover Up“ teleko‘rik-tanlovi, 3-o‘rin.

2024-2025 — „Yangi O‘zbekiston Yulduzlari“ milliy mukofoti, „Yilning eng yaxshi erkak xonandasi“. 2026-yil 23-avgust kuni Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan

“Yandeks Music” platformasida “Eng chiroyli ovoz sohibi” nominatsiyasi.

Shuningdek, Toshkent shahrining Yakkasaroy, Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tuman hokimliklari tomonidan tashakkurnomalar va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Jamoat faoliyati G‘aybulla Tursunov Mustaqillik bayrami, Navro‘z sayli, davlat qabul marosimlari kabi yirik madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi.

Uning qo‘shiqlari YouTube, TikTok va Instagram platformalarida millionlab tomosha qilingan.

Tashqi havolalar G‘aybulla Tursunov rasmiy YouTube kanali G‘aybulla Tursunov rasmiy Instagram sahifasi G‘aybulla Tursunov Telegram kanali

Manbalar

Turkum:Xonandalar Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Sanʼatkorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar