Oysha Safinaz Nurefsun Kadın ( – „ayollik“, „pokiza zot“ va „muloyim joziba“; 1850-yilda tugʻilgan – 1915-yilda vafot etgan) – Nurefzun Kadın deb ham atalgan, Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning ikkinchi xotini.

Yoshligi Safinaz Nurefsun Kadın 1850-yilda tugʻilgan. Uning asl ismi Oysha xonim edi. Otasi Şermet Salim Bey ruslarga qarshi jang vaqtida vafot etgan. Katta opasi Yıldız xonim Usmoniylar sultoni Abdulmajid I ning soʻnggi xotini edi. Oysha Misr xadivi Ismoil poshoning xonadonida xizmatkor boʻlgan, Ismoil posho esa uni sulton Abdulazizga taqdim etgan. U sariq sochli, terisi oppoq, koʻk koʻzli ayol boʻlib, goʻzal inson sifatida tasvirlangan. Oysha, shuningdek, skripka chalishni yaxshi koʻrgan.

Nikohi Nurefsun boʻlajak sulton Abdulhamid bilan hali u shahzoda boʻlgan paytda turmush qurgan, u sultonning 2-xotini edi.

Opasi Yıldız xonim Abdulmajid I ga turmushga chiqqach, Oysha xonim boʻlajak sulton Abdulazizning xonadoniga yuborilgan va u yerda unga Safinaz ismi berilgan. Horun Açbaning yozishicha, sulton Abdulaziz Nurefsunning goʻzalligiga maftun boʻlib, u bilan turmush qurmoqchi boʻlgan, lekin Nurefsun buni rad etgan. Bunga sabab uning boʻlajak sulton Abdulhamid II ni sevishi edi. Shuningdek, oʻsha paytda hali shahzoda boʻlgan Abdulhamid II ham unga koʻngil qoʻygan va shu sababli yosh shahzoda uni farzandlikka olgan onasi Rahime Perestu Kadından yordam soʻragan. Shundan keyin sulton Abdulazizga Safinazning kasal ekanligi va havo alishtirishi kerakligi, keyinroq esa uning vafot etganligi haqida yolgʻon xabar berilgan. Soʻngra Abdulhamid 1868-yil oktyabrda Safinazga yashirincha uylangan.

Nurefsunning farzandi boʻlmagan. Abdulhamid 1876-yilda taxtga chiqqach, unga „Ikkinchi Kadın“ unvoni berilgan. 1877-yil 7-aprelda sulton Abdulhamid Yıldız saroyiga koʻchib oʻtgach, 1877-yilda Nurefsun va boshqa saltanat aʼzolari ham oʻsha yerga koʻchib oʻtgan.

Biroq Nurefsun haramdagi hayotga koʻnikolmagan va Abdulhamidning yagona xotini boʻlishni xohlagan. Shuning sababli undan ajrashishni soʻragan. Abdulhamid uning bu iltimosini bajargan va ular 1879-yilda ajrashgan. Shundan keyin Nurefsun Ikkinchi Esvapçı Saffet Beyga turmushga chiqqan va undan bir oʻgʻil farzand koʻrgan. Ularning oʻgʻli Abdulhamid hukmronligining oxiriga kelib saroyda kotib (mabeyn katibi) boʻlib ishlagan.

Vafoti Oysha Safinaz Nurefsun Kadın 1915-yilda vafot etgan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1850-yillarda tugʻilganlar Turkum:1915-yilda vafot etganlar Turkum:Abdulhamid II Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari