Istanbul moliya markazi () – banklar, avtonom davlat muassasalari, transmilliy kompaniyalar va ularga tegishli xizmat koʻrsatish korxonalariga xizmat koʻrsatadigan moliya tumani.

Istanbulning Osiyo qismida, Umraniye va Ataşehir tumanlari oraligʻidagi Finanskent kvartalida joylashgan ushbu markaz moliyaviy sohadagi hamkorlik, samaradorlik va oʻsishni ragʻbatlantirish maqsadida turli moliya institutlari va infratuzilmalarni birlashtirishga moʻljallangan. Markazda taxminan 100 mingga yaqin xodim mehnat qiladi.

Rivojlanishi Istanbul moliya markazi konsepsiyasi 2000-yillarning boshlarida Turkiyaning global moliya maydonidagi mavqeini oshirishga qaratilgan keng iqtisodiy qarashlarining bir qismi sifatida paydo boʻlgan. Loyiha 2009-yilda Turkiya hukumati tomonidan rasman eʼlon qilinganidan keyin jadallashdi. 2023-yilda markazning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Joylashuvi Markaz Istanbulning Anadolu (Osiyo) qismida, Ümraniye va Ataşehir tumanlari oʻrtasidagi Finanskent hududida joylashgan.

Tarkibiy qismlari Istanbul moliya markazi turli moliyaviy faoliyat va xizmatlarni koʻrsatishga moʻljallangan bir nechta komponentlardan iborat. Markazda Bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish agentligi (BRSA) va Turkiya kapital bozori kengashi (CMB) kabi nazorat qiluvchi organlar joylashgan. Shuningdek, markaz milliy banklar, investitsiya shirkatlari va boshqa moliya institutlariga mezbonlik qiladi.

Yana qarang CBRT Tower

Manbalar

Havolalar  – Istanbul moliya markazining rasmiy vebsayti Istanbul moliya markazi Instagram sahifasi Istanbul moliya markazi X (Twitter) sahifasi Istanbul moliya markazi LinkedIn sahifasi

Turkum:Moliya tumanlari Turkum:Istanbul iqtisodiyoti Turkum:Turkiyadagi moliya tumanlari Turkum:Turkiya boylik jamgʻarmasi