Qivomiddin al-Fath ibn Ali ibn Muhammad al-Bundariy al-Isfahoniy (; 1241/1242-yildan keyin vafot etgan) – eroniy yozuvchi, fors adabiyotining mashhur epik asari – „Shohnoma“ni arab tiliga tarjima qilgani bilan mashhur. Asosan, Bundariy () yoki al-Bundariy () nomlari bilan tanilgan.

Hayoti haqidagi yagona maʼlumot oʻz asarlarida uchraydi. Ehtimol, nufuzli oiladan chiqqan, „Bundariy“ nisbasi oilasining muhim maʼmuriy mansab – bundar bilan bogʻliqligidan kelib chiqqan.

Bundariy Isfahon shahrida tugʻilib, voyaga yetgan. Ushbu shahar gʻarbiy Eronga toʻgʻri keladigan Fors Iroqi (Iroq-i Ajam) hududida joylashgan. Zamonaviy tarixchilar az-Zirikliy va Jaliliy uning 1190-yilda tugʻilganini qayd etishgan. Biroq eronshunos Azartash Azarnoosh bu sanani ishonchsiz deb hisoblaydi. Bundariy XIII asr boshlarida beqaror ahvolga tushib qolgan vatanini tark etgan koʻplab eroniy elitalardan biri edi. 1223-yilga kelib, Suriyadagi Damashq shahrida boʻlgan va u yerda Ayyubiylar hukmdori al-Muʼazzam Iso () homiyligidan bahramand boʻlgan. Bundariy oʻz asarlarining asosiy qismini aynan unga bagʻishlagan. Al-Muʼazzam Iso 1227-yilda vafot etgach, Bundariy ehtimol Damashqni tark etgan. Shundan soʻng, Xorazmshohlar hukmronligi ostida boʻlgan Isfahonga qaytgan boʻlishi mumkin. Yana bir ehtimolga koʻra, Bagʻdodga yoʻl olgan va u yerda 1241/1242-yillarda boʻlgani qayd etilgan.

Bundariy, shuningdek, yana ikki asar muallifi ham boʻlgan. Bular „Sano al-Barq ash-Shomiy“ va „Zubdat an-nusra va nuxbat al-usra“ asarlaridir.

Manbalar

Adabiyotlar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

Turkum:Isfahonlik yozuvchilar Turkum:13-asr eroniy yozuvchilar Turkum:13-asrda vafot etganlar Turkum:Vafot etgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Ayyubiylar sultonligi olimlari