Hashim Shoh (panjobcha , ਹਾਸ਼ਿਮ ਸ਼ਾਹ ; t. 1735, v. 1843) – Panjob yozuvchisi va soʻfiy shoir boʻlib, eng koʻp Sassi Punnun (yoki Sassi Panhu) qissasi bilan tanilgan. Uning oilasi muqaddas shahar Madinadan Panjobga, Hindistonga koʻchib kelgan va u yerda Ajnala tehsilidagi eng katta qishloq Jagdev Kalanda yashay boshlagan. Hashim Shoh 1735 yoki 1752-yilda Jagdev Kalanda tugʻilgan va butun umrini shu qishloqda oʻtkazgan. U „Kissa Kav“ deb ataladigan uchta qissa yozgan: Sassi Punnu, Sohni Mahival va Farhod va Shirin.

Hashim oilaviy anʼana boʻlgan hikmat (tabiblik), maslahat berish va piri-murididan tashqari, tirikchilik uchun duradgorlik ham qilgan. Maharaja Ranjit Sing va uning saroy aʼyonlari Hashimni homiyliklari bilan qoʻllab-quvvatlagach, u duradgorlik kasbidan voz kechdi. Shundan soʻng u butun umrini maʼnaviy kamolot va soʻfiyona (irfoniy) sheʼriyat yaratishga bagʻishladi.

Hashim Shohning sheʼriyati oʻziga xosdir. Oʻz davrining eng yaxshi shoirlaridan biri sifatida tan olingan va izdoshlari tomonidan u haqda koʻplab kitoblar yozilgan. Uning sheʼriyatida tasvir va baʼzan gʻamginlik ohangi aks etuvchi muayyan uslub mavjud. U „Sassi Punnu“ni hikoya qilgan usul uning soʻzlaridagi chuqurlik va beqiyos qobiliyatidan dalolat beradi.

Soʻfiylik Hashim oilasida davom etib kelgan. U, otasi va bobosi piri-muridi amaliyotini olib borgan. U soʻfiylikni mustahkam eʼtiqod sifatida qabul qilgan. Uning panjobcha sheʼriyati yuksak darajadagi irfoniylik bilan jaranglaydi va ramziy tarzda Ilohiy muhabbat haqida deb talqin qilinishi mumkin.

Hashim 1843 yoki 1823-yilda Ajnalada vafot etgan va har yili Urs oʻtkaziladigan Naroval tumanidagi Tharpal qishlogʻiga dafn etilgan. Urs har yili Jeth oyining 21-kuni atrofida (may oxiri – iyun boshlarida) oʻtkaziladi.

Asarlari Uning sheʼriy asarlarida vazn panjobcha boʻlsa-da, lugʻatida hind, fors va arab soʻzlari koʻp uchraydi. U quyidagi kitoblarni yozgan:

Qissa Shirin Farhod Qissa Sohni Mahival Qissa Sassi Punnun Gyan Prakash Dohre

Manbalar

Adabiyotlar Great Sufi Poets of The Punjab muallif R. M. Chopra, (1999), Iran Society, Kolkata.

Turkum:1735-yilda tugʻilganlar Turkum:1843-yilda vafot etganlar Turkum:soʻfiy shoirlar