Ankaray (rasmiy nomi A1) — Turkiyaning Anqara shahridagi Anqara metrosi tizimiga qarashli uzunligi 8,5 km boʻlgan metropoliten liniyasi. 1996-yilda ochilgan ushbu yoʻnalish Anqaradagi eng qadimgi tezyurar transport liniyasi va Turkiyada Istanbul metropolitenining M1 liniyasidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Ankaray Yenimahalle tumanining janubi-sharqidagi Anqara shaharlararo avtobus terminalidan boshlanib, Chankaya tumanining shimoli-sharqidagi Dikimevi bekatigacha davom etadi va 11 ta bekatdan iborat. 2017-yilda liniya 33,5 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, M1 liniyasidan keyin Anqara metrosining ikkinchi eng gavjum liniyasiga aylandi. Metropoliten tizimi boʻlishiga qaramay, Anqara maʼmuriyati Ankarayni Yengil relsli transport liniyasi sifatida tasniflaydi.

Ankaray nomi Ankara va ray (rels) soʻzlarining birikmasidan hosil boʻlgan.

Tarixi Oʻrta quvvatli tezyurar transport liniyasini qurish rejalari Anqara shahrining 1990-yildagi investitsiya rejasiga kiritilgan edi. Loyiha Gʻaznachilik kotibiyati, Davlat rejalashtirish tashkiloti, Transport vazirligi va EGO tomonidan birgalikda koʻrib chiqildi va 1991-yil oxirida tasdiqlandi.

Qurilish ishlari 1992-yil 7-aprelda boshlanib, 1996-yilda yakunlandi. Ankarayning ochilish marosimi 1996-yil 30-avgustda Bosh vazir Necmettin Erbakan ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Faoliyati

Yoʻnalishi Ankaray Söğütözüdagi Anqara shaharlararo avtobus terminalidan Dikimevigacha boʻlgan 8,527 km uzunlikdagi yoʻnalishda harakatlanadi va 11 ta bekatga ega. Yoʻnalishning katta qismi yer ostidan oʻtadi, faqat AŞTİ va Emek bekatlari oraliqidagi 0,74 km qismi bundan mustasno.

Bekatlar (*) Yulduzcha bilan belgilangan oʻtish yoʻllari qurilmoqda.

+ Ankaray bekatlari Bekat Masofa (km) Ochilgan vaqti Oʻtish yoʻllari AŞTİ 0 30-avgust 1996 EGO avtobuslari: 102-2, 104-1, 106-1, 107-6, 109, 157-3, 178-3, 419, 445-2, 484-2 Emek 0.5 30-avgust 1996 EGO avtobuslari: 102-1, 104-1, 104-4, 109, 178-3, 339-3, 419, 479 Bahçelievler 1.4 30-avgust 1996 Beşevler 2.3 30-avgust 1996 EGO avtobuslari: 220-3, 221-3, 267, 267-2, 267-4, 339-3, 445-2, 484-2 Anadolu/Anıtkabir 3.1 30-avgust 1996 EGO avtobuslari: 273, 339-3, 340, 340-2, 345, 383 Maltepe 3.6 30-avgust 1996 Turkiya Davlat Temir Yoʻllari, 15px|link=Anqara metrosi Anqara metrosi: M4 EGO avtobuslari: 297-7, 330, 330-2, 340, 340-2, 341, 380, 383 Demirtepe 4.5 30-avgust 1996 EGO avtobuslari: 220-7, 297-7, 330, 330-2, 340, 340-2, 341, 380, 383 15 Temmuz Kızılay Milli İrade 5.3 30-avgust 1996 15px|link=Anqara metrosi Anqara metrosi: M1-M2, M4 EGO avtobuslari: 135-2, 173-2, 173-5, 185-2, 185-3, 185-6, 220-7, 297-7, 330, 330-2, 340, 340-2, 341 Kolej 6 30-avgust 1996 EGO avtobuslari: 160, 220-7, 297-7, 397-3, 321, 321-6, 324, 326, 329, 330, 333, 334, 334-6, 340, 341, 341-6, 343, 347, 347-6, 348, 350, 353, 355, 355-4, 355-6, 357, 361, 365, 367, 377, 380, 380-6, 382, 383, 392, 392-6 Kurtuluş 6.8 30-avgust 1996Turkiya Davlat Temir Yoʻllari EGO avtobuslari: 220-7, 297-7, 324, 326, 329, 330, 330-2, 340, 340-2, 341, 380, 382, 383, 385-2 Dikimevi 8.5 30-avgust 1996 EGO avtobuslari: 220-7, 297-7, 321, 321-6, 324, 326, 329, 330, 334, 334-6, 339-3, 340, 341, 341-6, 343, 347, 347-6, 348, 350, 355, 355-4, 355-6, 357, 361, 365, 367, 377, 380, 380-6, 382, 383, 392, 392-6

Harakatlanuvchi tarkib Ankaray poyezdlari AEG va Siemens kompaniyalari tomonidan qurilgan. Jami 33 ta vagon yetkazib berilgan. Poyezdlar 750 V oʻzgarmas tok bilan uchinchi rels orqali quvvatlanadi.

Söğütözü kengaytmasi Ankaray liniyasini AŞTİdan Söğütözügacha kengaytirish 2011-yilda tasdiqlangan va 2012-yilda qurilish boshlangan. Tunnellar va bekat 2014-yilda yakunlangan boʻlsa-da, liniya hali foydalanishga topshirilmagan.

Manbalar

Havolalar EGO Anqara rasmiy sayti

Turkum:Anqara Turkum:1996-yilda ochilgan metropolitenlar roʻyxati Turkum:Turkiya metropolitenlari