Barış Esen (1986-yil 3-noyabrda tugʻilgan) – turkiyalik shaxmat grossmeysteri. 2013-yil iyul oyidagi FIDE reyting roʻyxatiga koʻra, u faol shaxmatchilar orasida dunyoda 369-oʻrinni, Turkiyada esa beshinchi oʻrinni egallagan. U 2005-yilda Xalqaro usta (IM) unvonini, 2010-yil 25-iyulda esa Grossmeyster (GM) unvonini qoʻlga kiritgan.
Faoliayti U 1986-yil 3-noyabrda tugʻilgan. U shaxmat oʻynashni bolalik davrining ilk yillarida, 1990-yillarning oxirlarida boshlagan. Antaliyada boʻlib oʻtgan shaxmat musobaqalaridan birida tanishgan ozarbayjonlik Xalqaro usta Fikret Sideifzade unga shaxmatning asoslarini oʻrgatgan.
2010-yilda Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtgan Angora turniridagi muvaffaqiyatidan soʻng u Grossmeyster deb eʼlon qilindi va bu unvonni qoʻlga kiritgan Turkiyaning eng yosh hamda toʻrtinchi shaxmatchisiga aylandi.
2011-yilda Fransiyaning Aix-les-Bains shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa individual shaxmat chempionatida 11 partiyadan 7,5 ochko jamgʻarganidan soʻng, Barış Esen Rossiyaning Xanti-mansiysk shahrida oʻtkazilgan 2011-yilgi Shaxmat boʻyicha Jahon kubogiga Turkiya nomidan yagona ishtirokchi sifatida yoʻllanma oldi. U musobaqaning birinchi bosqichida ukrainalik grossmeyster Olexandr Moyseyenko bilan bahs olib borib, 0,5–1,5 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Shaxsiy hayoti Esen Nesibe Esen bilan turmush qurgan. Ularning oʻgʻli Emin 2010-yil 7-oktyabrda tugʻilgan. U Adana shahrida istiqomat qiladi.
Yutuqlari 2009-yil, Salonika Open, Gretsiya – 2-oʻrin 2009-yil, Angora turniri, Turkiya – 1-oʻrin 2010-yil, Salonika Open, Gretsiya – 2-oʻrin
Manbalar
Havolalar Barış Esen at chessgames.com
Turkum:Turkiya sportchilari