Ali ibn Muhammad ibn Abdulaziz Ibn Futuh ibn Ibrohim ibn Abu Bakr (; 1312–1359/62 milodiy yil), Ibn Durayhim al-Mavsilī () nomi bilan tanilgan, arab yozuvchi, matematik, kriptoanalitik va kotib edi.

Kriptologiya Ibn ad-Durayhim sakkizta shifrlash tizimining batafsil tavsifini berib, unda almashtirish shifrlari haqida soʻz yuritadi va ikki asr oʻtgach „Vigenère jadvali“ nomi bilan mashhur boʻlgan „jadval“ gʻoyasini eng dastlab taklif qilgan.

Uning Ochiq boblar maqsadlari va shifrlashlarni yechish (مقاصد الفصول المترجمة عن حل الترجمة) nomli kitobi yaqinda topilgan, biroq hali nashr etilmagan. Unda Kindiy va Ibn Adlon tomonidan ilgari surilgan statistik usullardan foydalaniladi.

Hayvonlarning foydaliligi haqida kitob Milodiy 1355-yilda Ibn ad-Durayhim Hayvonlarning foydaliligi haqida kitobni () tuzgan. Asar asosan Ibn Baxtishu va Arastu asarlariga tayangan. Qoʻlyozma hozirda Eskorial kutubxonasida (Ar.898) saqlanadi. Matnda turli hayvonlarning 91 ta tasviri mavjud.

Manbalar

Turkum:1312-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻrta asr kriptograflari Turkum:Islom olamining oʻrta asr matematiklari Turkum:XIV asr arablari