Malika Zayn bintu Al Husayn. (1968-yil 23-aprelda tugʻilgan) – Iordaniya qiroli Abdulloh IIning singlisi va Malika Oysha bintu Husaynning egizi.

Hayoti Malika Zayn 1968-yil 23-aprelda Ammandagi Al Abdolida joylashgan Falastin shifoxonasida tugʻilgan. Vestover maktabida oʻqigan, u yerda voleybol jamoasining sardori boʻlgan va 1986-yilda maktabni tamomlagan; bitiruv marosimida otasi nutq soʻzlagan. 1989-yil 3-avgust kuni Sayyid Majdi Al-Salehga turmushga chiqqan (Sayyid Farid Al-Salehning kichik oʻgʻli). Juftlikning ikki nafar oʻz farzandi bor: 1990-yil 9-noyabrda tugʻilgan Jaʼfar Al-Saleh va Jumana Al-Saleh. Shuningdek, ularning asrab olingan qizi Tahani Al-Shahva bor.

Malika Zayn 1990-yillardan beri gumanitar faoliyat bilan shugʻullanib keladi. Fors koʻrfazi urushi davrida zoʻravonliksiz norozilik guruhi boʻlgan Gulf Peace Teamʼga moliyaviy yordam koʻrsatgan. 1997-yilda qirol Husayn Ammandagi yetimlarning yomon sharoitlarda yashayotgani haqida bilgach, ilgari xorijiy mehmonlarni joylashtirish uchun ishlatilgan Hoshimiyya saroyini yetimxonaga aylantirishni buyurdi. U yangi muassasani boshqarish va homiylik qilish uchun Malika Zaynni tanladi; muassasa toʻqqiz oy oʻtgach Dar Al Bir nomi bilan ochildi. 2013-yilda u Mayami bolalar shifoxonasiga tashrif buyurib, telemeditsina dasturlari taqdimotida qatnashdi.

Eri bilan bilgalikda Malika Zayn arab zotli otlarni boqib-koʻpaytiradigan Royal Jaʼfar Stud otxonasiga ham egalik qiladi.

Malika Zayn va uning oʻgay singlisi Aliya qarindosh-urugʻchilik jihatidan kelin-singillar ham hisoblanadi, chunki Aliya Majdi As-Salehning akasiga turmushga chiqqan.

Mukofotlari Milliy

Renessansning Maxsus sinfdagi Oliy ordenining Katta lentalik rytsari Iordaniya Yulduzi ordenining Katta lentalik rytsari

Manbalar

Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hoshimiylar uyi Turkum:Iordaniyalik Malikalar Turkum:Qirollarning qizlari