Ozarbayjon Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi (ozarbayjoncha: Azərbaycan Respublikası Milli Olimpiya Komitəsi, XOQ kodi: AZE) – xalqaro olimpiya harakatida Ozarbayjon tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. U mustaqil jamoat tashkiloti boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Qoʻmita nizomi 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan. Tashkilot Olimpiya xartiyasi hamda Ozarbayjon Respublikasining korxonalar va jamoat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonuni asosida faoliyat yuritadi. 1997-yildan buyon qoʻmita prezidenti lavozimini Ilhom Aliyev egallab kelmoqda.
Tarixi Qoʻmita 1992-yilda tashkil etilgan va 1993-yilda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olingan.
Ozarbayjon mustaqil davlat sifatida Olimpiya oʻyinlarida ilk bor 1996-yilda ishtirok etgan va shundan buyon barcha Olimpiya oʻyinlariga sportchilarini yuborib kelmoqda.
Bungacha ozarbayjonlik sportchilar 1952–1988-yillarda Olimpiya oʻyinlarida Sovet Ittifoqi terma jamoasi tarkibida qatnashgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Ozarbayjon sportchilari Birlashgan jamoa tarkibida ishtirok etgan.
Ozarbayjon Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati 1. Prezident – Ilhom Aliyev
2. Vitse-prezident – Chingiz Huseynzoda
3. Vitse-prezident – Azad Rahimov
4. Vitse-prezident – Hazar Isayev
5. Bosh kotib – Aghajan Abiyev
6. Bosh kotib oʻrinbosari – Azer Aliyev
Yana qarang Ozarbayjon Olimpiya oʻyinlarida
Manbalar
Havolalar
Turkum:Milliy olimpiya qoʻmitalari