350px|alt=|thumb|upright=1.4|Oʻzbekiston aholisi piramidasi (2020) thumb|right|Oʻzbekiston aholisi: 1950 — 1-yanvar 2008-yil.

Oʻzbekiston demografiyasi  — Oʻzbekiston aholisining demografik koʻrsatkichlari boʻlib aholining oʻsishi, zichligi, millati, taʼlim darajasi, sogʻligʻi, iqtisodiy ahvoli, diniy mansubligi va boshqa jihatlarini oʻz ichiga oladi. Maʼlumotlarning aksariyati taxmindir, chunki oxirgi aholi roʻyxati 1989-yilda Sovet davrida oʻtkazilgan.

Demografik rivojlanish tarixi thumb|350px|Bolalar Registonda suratga tushishmoqda. Oʻzbekiston aholisining toʻrtdan bir qismidan oshigʻi 14 yoshgachadir.

Oʻrta Osiyo hududida yashagan ibtidoiy odamlarning qad. manzilgohlari quyi paleolit davriga toʻgʻri keladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida chorvador va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar yashagan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri yemirilib, qabilalar oʻrtasida mulkiy munosabatlar vujudga keldi.

Eron shohi Doro I ning Behistun yozuvlarida oʻzbek xalqining qadimiy ajdodlari xorazmiylar, sugʻ'iylar, saklar, baqtriyaliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. Yunon va rim tarixchilari Gerodot, Strabon, Arrian va Ptolemey hozirgi Oʻzbekiston hududida yashagan saklar haqida maʼlumotlar qoldirganlar.

Oʻzbeklarning alohida elat boʻlib shakllanishi uzoq-yillar davomida sodir boʻlgan etnik jarayonlar mahsuli dir. Ular O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning gʻarbiy mintaqalarida shakllangan. Oʻzbek xalqining asosini hoz. Oʻzbekis ton hududida qadimdan oʻtroq yashab, sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelgan mahalliy aholi: sugʻdiylar, xorazmiylar, baqtriylar, chorvador sak-massagetlar kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryolari boʻylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik komponentlar ham oʻzbek xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. Markaziy Osiyoning keng hududida yashagan bu etnoslar, asosan, turkiy va sharqiy eroniy tillarda soʻzlashganlar. Amudaryo va Sirdaryo havzalari oraligʻining oʻtroq aholisi va chorvador qabila va elatlarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi jarayoni natijasida oʻtroq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, oʻzbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllangan.

Mil. avv. III-asrda Sirdaryoning oʻrta oqimida Qangʻ davlati hukm surgan davrda Amudaryo va Sirdaryo oraligʻi va unga tutash mintaqalarda iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalarning tobora rivojlanib borishi natijasida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, oʻziga xos uygʻunlashgan madaniyat yuzaga keladi. Arxeologik va tarixiy majmualarda bu madaniyat „Qovunchi madaniyati“ nomi bilan qayd etilgan. Antropolog olimlarning taʼkidlashicha, aynan shu davrlarda Oʻrta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholining tashqi qiyofasida hoz. oʻzbek va voha tojikla riga xos Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi antropologik tipi toʻliq shakllanadi.

Oʻzbek xalqining etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik komponentlar kushonlar hamda 45 asrlarda Oʻrta Osiyoning markaziy viloyatlariga Oltoy, Jan. Sibir va Sharqiy Turkistondan kirib kelgan xioniy, kidariy va eftaliylardir. Shuningdek, oʻzbeklar etnogeneziga Oʻrta Osiyoning markaziy mintaqalari (Toshkent vohasi, Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm)ga kelib oʻtroqlashgan turkiy etnik komponentlar faol taʼsir koʻrsatadi. Bu komponent lar va mahalliy aholi oʻrtasidagi etno-madaniy munosabatlarning rivoji natijasida yangi qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xoʻjalik anʼanalar bilan jadal uygʻunlashuvi yuz beradi. VII asrning 30-yillaridan boshlab oʻlkamiz „Turkiston“ nomi bilan atala boshlagan.

VIII asrda arab va ajam xalqlarining Oʻrta Osiyoga kirib kelishi bilan mahalliy aholining etnik tarkibida maʼlum darajada oʻzgarishlar sodir boʻlgan boʻlsa-da, ammo mintaqadagi etnik jarayonlar ga kuchli taʼsir etmagan. Bu davrda Movarounnahrdagi oʻtroq va yarim oʻtroq turkiyzabon aholi, sugʻdiylar va Xorazmning tub yerli aholisi oʻz hududlarida arablar hukmronligida yashaganlar.

911 asrlarda Movarounnahrda yaxlit turkiy qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kelib, oʻz navbatida sugʻdiylar va b. mahalliy etnoslar bilan integratsiyalashuv jarayoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega boʻlib, bu qatlam asosining aksariyat koʻpchiligi oʻtroqlashgan turgʻun turkiy etnoslardan iborat boʻlgan.

Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan sodir boʻlgan etnik jarayonlar oʻzbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich boʻldi. Aynan shu davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hududiy, madaniy -maʼnaviy umumiylik, etnik oʻzlikni anglash maʼlum bir davlat doirasidagi etnik uyushqoqlik, din umumiyligi kabi etnik omillar shakllandi. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Umuman olganda, elat shakllanishi dagi muhim ahamiyatga molik aksariyat etnik alomatlar shakllanib yetiladi. Shunday qilib, asrlar osha yurtimizda kechgan oʻta murakkab siyosiy vaziyatda muttasil davom etgan etnik jarayonlar natijasida 1112 asr boshlarida oʻzbek xalqi shakllandi.

Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi XIX asrning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan soʻng keskin oʻzgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, koʻpayish surʼatlari, joylashish xususiyatlarida oʻz aksini topdi. Rossiyadan dehqonlar koʻchirilib, Mirzachoʻlga joylashtiril di, Sharqiy Turkistondan uygʻurlar koʻchirilib keltirilib, respublika sharqidagi togʻ vodiylarida ular uchun joy ajratildi. 1897-yilda oʻtkazilgan aholi roʻyxatiga muvofiq Oʻzbekiston hududida 3,9 mln. kishi yashagan, shundan 19 % shahar aholisi edi. Tub aholining migratsion harakatchanligi past boʻlgan. Aholining koʻchib keluvchilar hisobiga oʻsishi podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining natijasi edi. Shu siyosat tufayli oʻlkada yangi-yangi qishloq va shaharchalar barpo etildi. Biroq shunga qaramay 18651900-yillarda aholi 0,6 % ga koʻpaydi. XX asrning 1-choragida ham aholi oʻsishida sezilarli oʻzgarish boʻlmadi. 192440-yillar davomida Oʻzbekiston aholisi 2,3 mln. kishiga oshdi, aholining oʻsishi-yiliga 3 % ga teng boʻldi.

Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yoʻqotdi. Aholining umumiy soni 194045-yillarda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi.

Urushdan keyingi davrda aholi oʻsish surʼatlarida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha koʻpaydi. Bunda ham sof tabiiy koʻpayishdan koʻra chetdan koʻchirib keltiril gan aholining salmogʻi katta boʻldi. XX asrning 6080-yillarida respublika aholisi tarkibida oʻzbeklarning soni muntazam ravishda yuqori surʼatlar bilan koʻpayib bordi. 1989-yilda oʻzbeklar salmogʻi respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanish yoʻliga oʻtishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga oʻtishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning oʻzgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tugʻilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning maʼlum qismi oʻz tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga koʻchib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990-yilda kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar Oʻzbekiston aholisining oʻsish surʼatlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15-yil davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga koʻpaydi, oʻsish surʼati 1,8 %ni, oʻrtacha yillik mutlaq koʻpayish soni 400 ming kishini tashkil qildi.

Aholining joylashishi va zichligi thumb|350x350px|Oʻzbekiston aholisining munitsipalitet boʻyicha zichligi, aholi hisob-kitoblariga koʻra 2020-yil Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan.

Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Fargʻona, Ellikqalʼa choʻllarini oʻzlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga oʻzgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta oʻzgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tugʻilib oʻsgan joyida istiqomat qiladi. Bundan choʻl mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmogʻidagi oʻzgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta taʼsir qildi. Keyingi-yillarda ularda sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 1990—2005-yillarda mamlakat aholisining oʻsish surʼati pasayib borayotgan davrda baʼzi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.

Oʻzbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi oʻsish surʼatlarining pasayib borishi; aholi tabiiy koʻpayish koʻrsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust oʻsishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis joylashgan boʻlib, asosiy qismi Toshkent sh.ga toʻgʻri keladi. Biroq Toshkent sh. aholisi soʻnggi-yillarda deyarli oʻsmadi, natijada uning Oʻzbekiston aholisi tarkibidagi ulushi 2020-yildagi 10,5 %dan 8,2 % ga tushib qoldi. Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining demografik salohiyati pasaydi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisining 16,4 % Samarqand va jizzax viloyatlari ga toʻgʻri keladi. Xorazm, Namangan va Andijon viloyatlarida ham biroz oʻsish boʻldi.

1991—2005-yillarda Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha shahar aholisining oʻsishida sezilarli darajada nomutanosiblik kuzatildi. Bu-yillarda respublika shaharlari aholisining oʻsish surʼati 0,9 % boʻlib, bu koʻrsatkich Samarqand 3,2 %; Jizzaxda 2,8 %; Sirdaryoda 0,6 %; Buxoroda 0,7 %; Xorazmda 0,8 % va Toshkent viloyatida 0,2 % ni tashkil etdi.

Yuqoridagi oʻzgarishlarga qaramay, respublika aholisining hududiy mujassamlashuvi darajasi hamon Fargʻona va toshkent iqtisodiy rayonlarida yuqori. Fargʻona vodiysiga mamlakat aholisining 28 %, Toshkent sh. va viloyatiga 18 % toʻgʻri keladi. Aholi zichligi 1 km ga 58 kishi boʻlib, bu koʻrsatkich mamlakat miqyosida 70 karraga farq qiladi yoki boshqacha aytganda, 7,3 kishidan (Navoiy viloyati) 552,5 (Andijon viloyati) kishigacha yetadi. Fargʻona, Namangan, Xorazm viloyatlarida aholi juda zich, Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida zichlik koʻrsatkichi ancha past.

Oʻzbekiston Respublikasi jami aholisining 36,3 % shaharlarda, qolgan qismi qishloqlarda yashaydi. Soʻnggi-yillarda urbanizatsiya darajasining pasayib borishi va qishloq aholisi hissasining oʻsishi kuzatilmoqda.

Aholining tabiiy koʻpayishi Oʻzbekistonda aholi tabiiy koʻpayishiga oid mufassalroq maʼlumotlar XIX asrning 2-yarmidan boshlab mavjud. Aholining tabiiy koʻpayishi 1-navbatda tugʻilishga bogʻliq. Respublikada XIX asr oxiri XX asr boshlarida tugʻilish darajasi yuqori boʻlgan. 1865—1917-yillarda tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti (har 1000 ta kishiga nisbatan tugʻilganlar soni) 4550 %ni tashkil etgan. Tugʻilish fiziologik imkoniyat darajasida boʻlgan, oilada farzandlar tugʻilishi cheklanmagan. Buning asosiy omillari oʻzbek ayollarining ijtimoiy i.ch. da juda kam ishtiroki, maʼlumotlilik darajasi ning pastligi, tugʻilishni qoʻllab-quv vatlovchi urf-odat va qadriyatlar taʼsirining nisbatan yuqoriligi, goʻdaklar oʻlimining koʻpligidir.