Nepal Olimpiya qoʻmitasi (nepalcha: नेपाल ओलम्पिक समिति, XOQ kodi: NEP) – xalqaro olimpiya harakatida Nepal tomonidan vakillik qiluvchi milliy olimpiya qoʻmitasi. Qoʻmita Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari hamda boshqa xalqaro sport musobaqalarida Nepal nomidan ishtirok etadigan sportchilarni tanlash va terma jamoalarni boshqarish bilan shugʻullanadi.

1959-yilda Nepal Milliy sport kengashi, 1962-yilda esa Nepal Olimpiya qoʻmitasi tashkil etilganidan soʻng, nepal sportchilari ilk bor 1964-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida, Paralimpiada oʻyinlarida esa 2004-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Biroq 2024-yilgacha Nepal sportchilari Olimpiya yoki Paralimpiya oʻyinlarida medal qoʻlga kirita olmagan. 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Paralimpiya oʻyinlarida taekvondo boʻyicha sportchi Palesha Goverdhan bronza medalini qoʻlga kiritib, Nepal tarixidagi ilk rasmiy Olimpiya yoki Paralimpiya medaliga sazovor boʻldi. Ushbu yutuq bilan Nepal ilk bor Paralimpiya medallar jadvaliga kiritildi. Mazkur tarixiy natija uchun 2024-yil 13-sentyabr kuni Nepal Bosh vaziri K. P. Oli tomonidan sportchiga Nepal hukumati nomidan 65 lakh rupiy (48 000 AQSh dollari) mukofot topshirildi.

Milliy sport assotsiatsiyalari Milliy sport uyushmalari ikki toifaga boʻlinadi, yaʼni Olimpiya sport turlari va boshqa eʼtirof etilgan sport turlari. MOQ aʼzolari tarkibiga bugungi kunda 27 ta Milliy sport federatsiyalari kiradi.

Rahbariyat

Prezidentlar S.No. Ism Yillar1. Prince Basundhara of Nepal 1962 – 19672. Kumar Khadga Bikram Shah 1967 – 19773. Sharad Chandra Shah 1977 – 19884. Indu Bahadur Shahi 1989 – 19905. Yudha Bikram Shah 1991 – 19926. Govinda Raj Joshi 1992 – 19937. Keshav Sthapit 1993 – 19958. Govinda Raj Joshi 1995 – 19979. Jeevan Ram Shrestha 1997 – 199710. Govinda Raj Joshi 1997 – 199811. Rukma Shumsher Rana 1998 – 200612 Dhruba Bahadur Pradhan 2006 – 201513. Jeevan Ram Shrestha 2015 –

Bosh kotibkar S.No. Ism Yillar1. Mohan Raj Joshi 1962 – 19672. Late Anoop Shamsher JBR 1967 – 19843. Kamal Thapa 1984 – 19884. Digamber Suwal 1988 – 19895. Raghu Raj Onta 1989 – 19916. Dinesh Koirala 1991 – 19927. Subarna Bdr. Chhetri 1992 – 19938. Raj Bahadur Singh 1993 – 19959. Shyam Bdr. K. C. 1995 – 199510. Dhruba Bahadur Pradhan 1995 – 200611. Jeevan Ram Shrestha 2006 – 201512 Lama Tendi Sherpa 2015 – 201913. Nailendra Raj Shrestha 2019 –

Yana qarang Nepal Olimpiya oʻyinlarida

Manbalar

Havolalar

Turkum:Milliy olimpiya qoʻmitalari