2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi 2026-yil 6-fevralda boʻlib oʻtdi. Marosim Markaziy Yevropa vaqti bilan 200:00 da (19:00 UTC) boshlandi va 23:29 da yakunlandi. Ochilish marosimi Italiyaning Milan shahridagi San Siro stadionida, shuningdek, Livigno, Predazzo va mamlakatning Kortina-dʼampetsso shahri koʻchalarida oʻtkazildi. Ushbu ochilish marosimi Olimpiya oʻyinlari tarixida ilk bor mezbon mamlakat hududidagi 4 ta joyda bir vaqtning oʻzida oʻtkazilgan ochilish marosimi boʻldi. Olimpiya nizomiga binoan, marosim dasturiga mezbon mamlakat va shahar madaniyatini namoyish etuvchi badiiy chiqishlar kiritildi, bu yerda asosiy mavzu garmoniya boʻldi. Sportchilar paradi va Olimpiya mash’alasini yoqish marosimi ham oʻtkazildi.
Oʻyinlar Italiya prezidenti Sergio Mattarella tomonidan rasman ochib berildi. Bu Kirsti Koventri Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining prezidenti lavozimiga kelganidan keyin uning rahbarligi ostida oʻtkazilgan birinchi Qishki Olimpiada oʻyinlari va birinchi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi hisoblanadi. Umumiy davomiyligi 3 soat 30 daqiqa boʻlgan ushbu marosim Qishki Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng uzun ochilish marosimi boʻldi va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Koʻplab sharhlovchilar uning badiiy sahnalashtiruvi va musiqiy chiqishlarini yuqori baholadi.
Tayyorgarlik
Marosim rejissyori – Marco Balich, prodyuser – Banijay Live kompaniyasining Balich Wonder studiyasi. Olimpiya mash’alalari Balich, Lida Kastelli va Paolo Fantin hamkorligida yaratildi. Ular 2026-yil yanvar oyining oxirida taqdim etilgan edihttps://english.news.cn/europe/20260121/29cc7897a3714cf6b629ed75f95e80ac/c.html. Marosimning asosiy qismi Milandagi San Siro stadionida boʻlib oʻtdi, shu bilan birga bayroq koʻtarish marosimlari va mamlakatlar paradi kabi tadbirlar Kortina-dʼampetsso, Livigno va Predazzodagi maydonlarda ham oʻtkazildihttps://www.indiewire.com/criticism/shows/2026-olympics-opening-ceremony-milan-cortina-review-1235178055/.
Marosim mavzusi – „“ (Garmoniya).
Manbalar
Turkum:Italiyadagi marosimlar Turkum:Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimlari Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari