Choi Yeon-jun(Koreyscha: 최연준; 1999-yil 13-sentabrda tugʻilgan), Yeonjun nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va raqqosdir. U 2019-yilda Big Hit Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyalik yigitlar guruhi Tomorrow X Together aʼzosi hisoblanadi. U 2024-yil sentabr oyida „Ggum“ qoʻshigʻi bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qildi va 2025-yil 7-noyabrda No Labels: Part01 nomli ilk mini-albomini chiqardi.

Bolalik yillari va taʼlim olishi Choi Yeon-jun 1999-yil 13-sentabrda Janubiy Koreyaning Bundang District, Seongnam shahrida tugʻilgan. Oilada yolgʻiz farzand boʻlgan. U ingliz tilini oʻrganish maqsadida ikki yil davomida Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashagan, soʻng Janubiy Koreyaga qaytgan. Korean Arts yuqori maktabini tamomlagach, u Global Cyber Universitetigaga oʻqishga kirgan.

Karyerasi 2019-yildan hozirgacha 2019-yil 10-yanvarda Big Hit oʻzining yangi yigitlar guruhi Tomorrow X Togetherning yaqin oradagi debyuti haqida eʼlon qildi. Yeonjun guruh tarkibida birinchi boʻlib tanishtirilgan aʼzo boʻlib, u leyblning rasmiy YouTube kanali va ijtimoiy tarmoqlarida joylangan tanishtiruv videosi orqali ommaga taqdim etildi. 2019-yil 4-mart kuni guruhning rasmiy aʼzosi sifatida,Tomorrow X Togetherning ilk mini-albomi – The Dream Chapter: Star bilan debyut qildi.

Hamkorlik ishlari 2022-yil fevral oyida Yeonjun amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi Salem Ilesening „PS5“ nomli singlida, guruhdoshi Taehyun va norvegiyalik DJ Alan Walker bilan birga ishtirok etdi. 15-mart kuni u aktyorlar Roh Jeong-eui va Seo Bum-june bilan birga Inkigayo dasturining boshlovchisi sifatida eʼlon qilindi.

Iyul oyida Yeonjun Privé Alliance nomli brendning elchisi boʻldi. Shuningdek, u mehmon ijodiy dizayner sifatida faoliyat yuritib, keyingi oyda taqdim etilgan va dekabrgacha sotuvda boʻlgan cheklangan kapsula kolleksiyasini chiqardi.

Manbalar

Osiyolik qoʻshiqchilar | K-pop