Dmitriy Voldemarovich Trelevskiy (1983-yil 14-noyabrda Bishkekda tugʻilgan) – qirg‘izistonlik togʻ changʻichisi, bir marta Olimpiada oʻyinlari hamda beshta jahon chempionati ishtirokchisi.
Karyerasi Dmitriy Trelevskiy xalqaro maydonda 2003-yildan boshlab Italiya va Avstriya boʻlib oʻtgan turli musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2005-yilda u ilk bor togʻ changʻisi boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, faqat slalom yoʻnalishida chiqish qilgan, biroq birinchi urinishdayoq masofani yakunlay olmagan. Oradan ikki yil oʻtib Shvetsiyada oʻtgan musobaqada slalomda (45-oʻrin) ham, gigant slalomda (55-oʻrin) ham natija qayd eta olgan.
2010-yilda Trelevskiy Qirg‘iziston terma jamoasining Olimpiadadagi ikki nafar vakilidan biri boʻldi va ochilish marosimida mamlakat bayroqdori sifatida qatnashdi. Gigant slalomda u besh nafar sportchini ortda qoldirib 76-oʻrinni egalladi, slalomda esa birinchi urinishda masofani yakunlay olmadiVancouver 2010 Profile .
Dmitriy Trelevskiy Sochidagi oʻyinlarda ham qatnashishi kerak edi va hatto ochilish marosimida terma jamoa bayroqdori boʻlgan, biroq mashgʻulotlardan birida jarohat olib, musobaqada ishtirok eta olmadi. Natijada u terma jamoa tarkibida Evgeniy Timofeyev bilan almashtirildi va Timofeyev dasturdagi ikki yoʻnalishda qatnashdi.
Manbalar
Turkum:Togʻ changʻi sporti Turkum:Bishkekda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:14-yanvarda tugʻilganlar