Artyom Knyazev (; 1980-yil 16-mayda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq juftlik konkida uchuvchisi. U faoliyatining koʻp qismini Marina Aganina bilan birga oʻtkazgan. Ular 2004–05-yillardagi Oʻzbekiston milliy chempioni boʻlishgan va 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishgan.

Karyera Knyazev Irina Galkina bilan 1997 va 1998-yillardagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Ular 1997–98-yilgi mavsum oxirida ajralishgan.

1998-yilda Knyazev Irina Shabanova bilan ikki mavsumlik hamkorlikni boshladi. Bu juftlik 1999-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida sakkizinchi va 2000-yilgi Toʻrt qitʼa chempionatida toʻqqizinchi oʻrinni egalladi. Ular Rossiyaning Pervouralsk shahrida mashgʻulot oʻtkazishdi.

Knyazev 2000-yilda Marina Aganina bilan bir jamoaga qoʻshilgan. Bu juftlikka Pervouralskda Petr Kiprushev murabbiylik qilgan. 2005–06-yilgi mavsumda Knyazev oʻzi va Aganinaga murabbiylik qilishda yordam bera boshlagan. Ular juftlikda 2006-yilda Turinda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilishgan va yakunda 16-oʻrinni egallashgan. Knyazev 2006–07-yilgi mavsumdan soʻng musobaqalardagi ishtirokini yakunlagan va sportchi sifatidagi faoliyatini tugatgan. Artyom keyinchalik Aganina va uning yangi sherigiga ham murabbiylik qilgan.

Knyazev Rossiya muz shoularida chiqish va rejissyorlik qilgan.

Dasturlar

Aganina bilan Mavsum Qisqa dastur Erkin uchish 2005–07 La bohème Musettaʼs Solo Pas de Deux Dell Arte Rollerball – Albioni Orzular tug'iladigan joy Neapolcha raqs 2004–05 "Bayadère" asari Quidam 2003–04 "Odisseya – Kalipso va Uliss" asari 2002–03 Dance Diabolique 2000–01 Music The Nutcracker

Shabanova bilan Mavsum Qisqa dastur Erkin uchish 1999–2000 Nobody Home

Natijalar GP: Gran-pri; O‘smirlar o‘rtasidagi Gran-pri

Aganina bilan Xalqaro Tadbir 01–02 02–03 03–04 04–05 05–06 06–07 Olimpiada oʻyinlari 16-oʻrin Jahon 20-oʻrin 20-oʻrin 19-oʻrin 14-oʻrin 16-oʻrin 21-oʻrin To‘rt qit’a 11-oʻrin 10-oʻrin 10-oʻrin 8-oʻrin 8-oʻrin 8-oʻrin Xitoy kubogi 7-oʻrin 7-oʻrin NHK Trophy 10th 9th 6-oʻrin Osiyo o'yinlari 3-oʻrin 3-oʻrin Oltin spin 3-oʻrin Nebelhorn Trophy 15-oʻrin Schäfer xotira turniri 10-oʻrin Skate Isroil 2-oʻrin Xalqaro: Junior Yoshlar o'rtasida jahon chempionati 16-oʻrin Milliy Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrin 2-oʻrin 2-oʻrin 1-oʻrin 1-oʻrin

Shabanova bilan Xalqaro Tadbir 1998–1999 1999–2000 To‘rt qit’a 8-oʻrin 9-oʻrin Xalqaro: Junior Yoshlar o'rtasida jahon chempionati WD 19-oʻrin Slovakiya 11-oʻrin Shvetsiya 8-oʻrin Ukraina 7-oʻrin Milliy Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrin

Galkina bilan Xalqaro Tadbir 1996–97 1997–98 Yoshlar o'rtasida jahon chempionati 16-oʻrin 15-oʻrin Ukraina 7-oʻrin Milliy Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrin 2-oʻrin

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Toshkentlik juftlik konkida uchuvchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak juftlik konkida uchuvchilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oyinlarida ishtirok etgan juftlik konkida uchuvchilar Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:Rossiyadagi oʻzbekistonlik muhojirlar