Dürrinev Kadın, shuningdek, Dürrünev Kadın shaklida ham yoziladi ( – „yangi dur“; asl ismi – malika Melek Dziapş-Ipa; 1835-yil 15-martda tugʻilgan – 1895-yil 4-dekabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulazizning xotini.

Yoshligi Dürrinev Kadın 1835-yil 15-martda Gruziyaning Batumi shahrida tugʻilgan. Asl ismi malika Melek Dziapş-Ipa boʻlib, abxazlarning Dziapş-Ipa oilasiga mansub edi. Otasi shahzoda Mahmud bey Dziapş-Ipa, onasi esa malika Halima xonım Çikotua boʻlgan. Uning 2 nafar singlisi bor edi. Birinchi singlisi malika Oysha Kemalifer xonim (1838–1901) Umar poshoga turmushga chiqqan. Uning kenja qizi Esma Süreyya Cavidan xonim Dürrinevning oʻgʻli Shahzoda Yusuf Izzeddinning ikkinchi xotini boʻlgan. Nabiralaridan biri Emine Nurbonu Hidoyat xonim esa sulton Abdulhamid II ning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Burhoniddinning xotini boʻlgan. Ikkinchi singlisi malika Aliye xonim shahzoda Ismoil Çikotuaga turmushga chiqqan va sulton Mehmed V ning xotini Nazperver Kadınning onasi boʻlgan.

Melek yoshligida Istanbulga olib kelingan, bu yerda otasi uni singlisi Oysha bilan birga saroy haramiga topshirgan. Soʻngra ular sulton Abdulmajid I ning birinchi xotini Servetseza Kadınning xizmatiga berilgan. U yerda Usmoniylar saroyi odatiga koʻra, unga Dürrinev deb ism berilgan. Dürrinev yaxshi taʼlim olgan, fransuz tilida aksentsiz gapirgan, pianinoni yaxshi chalgan va mohir rassom boʻlgan. Chizgan rasmlarni Bezmiâlem Sulton va Servetseza Kadınga hadya qilgan. Dürrinev Kadın sargʻish sochli va zargʻaldoq koʻzli ayol edi.

Nikohi Bir kuni Abdulaziz 20 yoshlarida boʻlgan paytda Servetseza Kadınni ziyorat qilish uchun uning oldiga kelgan. U yerda shahzoda 21 yoshli Dürrinevni koʻrib, unga oshiq boʻlgan. Shahzoda Servetsezadan Dürrinevni uning nikohiga berishini soʻragan, ammo Servetseza buni qatʼiyan rad etgan. Biroq shahzoda Servetsezaga qayta-qayta iltimos qilganidan soʻng, u bunga rozi boʻlgan. Nikoh marosimi 1856-yil 20-mayda Dolmabahçe saroyida boʻlib oʻtgan.

Ularning birinchi farzandi, oʻgʻli Shahzoda Yusuf Izzeddin 1857-yil 11-oktyabrda tugʻilgan. Shahzoda Yusuf Abdulazizning sevimli oʻgʻli edi. Oʻsha vaqtda Abdulaziz hali sulton boʻlmagani uchun ularga farzand koʻrish man etilgan edi. Shuning uchun bola otasi taxtga chiqquniga qadar yashirilgan. Abdulaziz 1861-yil 25-iyunda taxtga chiqqanidan soʻng, Dürrinev „Bosh Kadın“ unvoni bilan sultonning bosh xotini etib tayinlangan. 1862-yil 10-avgustda Dürrinev ikkinchi farzandi, qizi Fotma Soliha Sultonni dunyoga keltirgan. 4 yil oʻtib, 1866-yil 28-oktyabrda esa uchinchi farzandi, oʻgʻli shahzoda Mehmed Salim tugʻilgan, biroq shahzoda 1867-yil 21-oktyabrda 1 yoshida vafot etgan.

1869-yilda Dürrinev Kadın Wales malikasi Aleksandra Datskaya bilan uchrashgan, bu paytda malika eri yaʼni Wales shahzodasi Edward VII bilan Istanbulga tashrif buyurgan edi Maria Georgina Grey tashrif chogʻida uni quyidagicha tasvirlagan.

Abdulaziz 1876-yil 30-mayda vazirlari tomonidan taxtdan agʻdarilgan va uning jiyani Murod V Usmoniylar sultoniga aylangan. Ertasiga u Feriye saroyiga koʻchirilgan. Dürrinev va Abdulazizning boshqa ayollari Dolmabahçe saroyini tark etishni istamas edilar. Shuning uchun ularni qoʻllaridan sudrab Feriye saroyiga joʻnatishgan. Dürrinev Şemifer e Zevkyab xonim bilan birga Abdulazizning xonalarining yuqori qismidagi xonalarda qamoqda saqlangan. Bu jarayonda ularni boshdan-oyoq tintuv qilib, barcha qimmatbaho narsalarini tortib olishgan. 1876-yil 4-iyunda Abdulaziz sirli tarzda vafot etgan. Uning jasadi Dürrinevga koʻrsatilganda xotini hushidan ketgan.

Oʻlimi Abdulazizning xotinlari 1876-yil sentyabrida Abdulhamid II taxtga chiqqach ozod qilingan, biroq Dürrinev Feriye saroyida yashashda davom etgan. Dürrinev Kadın 1895-yil 4-dekabrda Feriye saroyida vafot etgan va sulton Mahmud II ning Istanbuldagi Divan Yolu koʻchasida joylashgan maqbarasiga dafn etilgan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan sanasi Vafot etgan sanasi Izohlar Shahzoda Yusuf Izzeddin 1857-yil 11-oktyabr 1916-yil 1-fevral 6 marta uylangan, 2 oʻgʻil va 2 qiz farzandi boʻlgan. Fotma Soliha Sulton 1862-yil 10-avgust 1941-yil 1 marta turmushga chiqqan va 1 qiz farzandi boʻlgan. Shahzoda Mehmed Salim 1866-yil 28-oktyabr 1867-yil 21-oktyabr Dolmabahçe saroyida tugʻilib, goʻdaklik chogʻida shu saroyda vafot etgan. Oʻlimidan soʻng Mahmud II maqbarasiga dafn etilgan.

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1835-yilda tugʻilganlar Turkum:1895-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:Batumiliklar