Masked Singer Sverige – Masked Singer realiti-shousining Shvetsiyada oʻtkazilgan versiyasi . Koʻrsatuvning birinchi mavsumi 2021-yil 26-mart kuni TV4 telekanalida namoyish etilgan. Koʻrsatuv boshlovchisi David Hellenius hisoblanadi. Ekspertlar hay’ati Nour El Refai, Felix Herngren, Pernilla Wahlgren va Måns Zelmerlöwdan iborat. Ular har hafta koʻrsatuvda maska ortidagi mashhur qoʻshiqchining kimligini topishga harakat qiladi.

Koʻrsatuvning ikkinchi mavsumi 2022-yil 25-mart kuni boshlangan va 2022-yil 20-may kuni yakunlangan.

Koʻrsatuvning uchinchi mavsumi 2023-yil 31-mart kuni namoyish etilgan.

Koʻrsatuvning toʻrtinchi mavsumi 2024-yil 22-mart kuni namoyish etilgan.

Koʻrsatuvning beshinchi mavsumi 2025-yil 28-mart kuni namoyish etilgan.

Manbalar

Havolalar