Fazuelos, shuningdek fijuelas, hiuelas, deblas va hojuelas nomlari bilan ham tanilgan, yupqa qovurilgan xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlardir. Oʻrama pishiriq turi boʻlib, uning kelib chiqishi Ispaniyaga borib taqaladi, manbalarda ilk bor soʻnggi oʻrta asr ispan davriga oid qaydlarda uchraydi.
Sefarad anʼanasi Sefarad yahudiy anʼanasida bu pishiriqlar, oʻzining xos oʻrama shakli tufayli Esterning megilasini eslatadi va bu shakl Homonning quloqlarini yodga soladi. Shu bois ular ayniqsa Purim bayrami nishonlanishida muhim madaniy ahamiyat kasb etadiClaudia Roden, (2006), The Book of Jewish Food: An Odyssey from Samarkand and Vilna to the Present Day, Penguin Books, p. 592.
Tarixiy jihatdan fazuelos adabiyotda ham tilga olingan. Xususan, Francisco Delicadoning La Lozana Andaluza asarida Aldonsa ismli yahudiy ayol taʼqiblardan, xususan Ispan inkvizitsiyasidan qochib, Andalusiyada yashab yurganida bu pishiriqni tayyorlaganini eslab oʻtadi. Fazuelos yahudiy boʻlmagan jamoalar tomonidan ham, ayniqsa xristianlarning Semana Santa (Muqaddas hafta) bayrami chogʻida tayyorlanadi. Bu bayram vaqti Purimga juda yaqin vaqtga toʻgʻri keladi. Pishiriqning madaniyatlararo qabul qilingani 1599-yildayoq ayrim xristian ispan oshxona kitoblariga kiritilgani bilan ham tasdiqlanadi.
Tunis
( Qozining quloqlari) yoki ( qozining kichik quloqlari) – Tunisda keng tarqalgan pishiriq turi.
Tayyorlanishi Tablet Magazine jurnali uchun yozar ekan, sefarad oshxonasi boʻyicha taniqli tarixchi va yetakchi mutaxassis Hélène Jawhara Piñer ushbu taomning retseptini keltiradi. Un, tuxum, shakar va yogʻdan iborat xamir yupqa qilib yoyilib, boʻlaklarga kesiladi va qisqa muddatga qovuriladi. Soʻngra suv, apelsin guli va shakardan sirop tayyorlanib, qoʻshimcha lazzat berish uchun quyiladi. Fazuelos ustiga kunjut yoki qand upa sepib bezatiladi. Turk yahudiylari xamirga brendi qoʻshadilar, marokash yahudiylari esa ularni dolchin va sirop bilan isteʼmol qiladilar. Ular andaluscha pestiñolarga oʻxshaydi, biroq pestiño asal bilan yeyiladi.
Tunisda esa un, tuxum, yogʻ, apelsin guli suvi, shakar va tuz aralashtirilib, xamir qoriladi va yoyilib, uzunchoq tasmalarga kesiladi. Bu tasmalar qizigan yogʻda qovurilib, sanchqiga oʻrab olinadi. Yogʻi sizdirilgach, ustiga asal yoki sirop quyiladi yoki qand upa sepiladi. Baʼzan bezak uchun kunjut donalari ham ishlatiladi.
Yana qarang Sefarad yahudiy oshxonasi
Manbalar
Turkum:Sefarad yahudiy oshxonasi Turkum:Purim taomlari Turkum:Tunis oshxonasi Turkum:Ispaniya oshxonasi Turkum:Oʻrta asr oshxonasi