Reftarıdil Kadın ( – „qayta tirilish“; 1838-yilda tugʻilgan – 1936-yil 3-martda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Murod V ning ikkinchi xotini.
Yoshligi Reftarıdil Kadın taxminan 1838-yilda tugʻilgan. U Hatko oilasiga mansub boʻlib, kelib chiqishi cherkas-abxaz edi. Uning Terandil xonim va Jeylanyar xonim ismli ikki opasi boʻlgan. Jeylanyar doktor Mehmed Emin poshoga turmushga berilgan. Undan keyin Hojı Nazif beyga turmushga chiqqan va ismi Melek deb oʻzgartirilgan. Melekning ikki farzandi, bir qizi va Rüşdü bey ismli oʻgʻli boʻlgan. Terandil xonim esa Reftarıdil bilan birga qolgan, keyinchalik Nuri beyga turmushga chiqqan va yashash uchun Oqsaroyga ketgan.
Nikohi Reftarıdil sulton Abdulmajid I hukmronligi davrida Murod hali shahzoda boʻlgan paytda 1859-yil 4-fevralda Dolmabahçe saroyida unga turmushga chiqdi. Oʻshanda u 20 yoshda, Murod esa 18 yoshda edi. Reftarıdil Murodning Mevhibe Kadından keyingi ikkinchi xotini edi. Sulton Abdulmajid 1861-yilda vafot etib, uning ukasi sulton Abdulaziz taxtga chiqqanidan soʻng Murod valiahd shahzodaga aylandi. Oʻsha paytda Reftarıdil homilador boʻlgan. 1861-yil 5-avgustda Dolmabahçe saroyida joylashgan valiahd xonalarida yagona farzandi, oʻgʻli Shahzoda Mehmed Salohiddinni dunyoga keltirgan. Usmoniylar shahzodalariga sulton boʻlishlaridan avval farzand koʻrish man qilingan edi. Biroq sulton Abdulazizning oʻzi ham taxtga chiqishidan avval oʻgʻil koʻrgani uchun Murodni ham buning uchun jazolamagan.
Murod va uning xotinlari Abdulaziz tomonidan ajratilgan Kurbağalıderedagi saroyda yashashardi. Qish mavsumini esa Dolmabahçe saroyida joylashgan valiahd xonalarida va Nisbetiye saroyida oʻtkazishardi. Reftarıdil pushti terili, koʻzlari yirik va moviy, yuzi dumaloq, chiroyli ayol edi. Shuningdek, u rostgoʻy va mehribon ham edi. Musiqa va kitob oʻqishni yaxshi koʻrar, juda savodli va dolzarb voqealardan doimo xabardor edi. Reftarıdil doimo kulib yurardi.
Sulton Abdulaziz taxtdan agʻdarilgach, 1876-yil 30-mayda Murod taxtga oʻtirdi. Reftarıdilga esa „Ikkinchi Kadın“ unvoni berildi. Biroq atigi 3 oy hukmronlik qilganidan soʻng, Murod 1876-yil 30-avgustda ruhiy beqarorligi tufayli taxtdan agʻdarildi va Çırağan saroyida qamoqda saqlandi. Reftarıdil ham Murod bilan birga saroyga bordi. 1904-yilda Murod vafot etgach, Reftarıdil beva qoldi va uning Çırağan saroyidagi azobli hayotiga yakun yasaldi.
Soʻnggi yillari va vafoti Murodning vafotidan keyin Reftarıdil avval oʻgʻli bilan birga yashadi. Keyunchalik 1924-yilda Usmoniylar sulolasi vakillari surgun qilingach, Reftarıdil sulolaning qondosh aʼzosi boʻlmaganligi sababli unga Istanbulda qolishga ruxsat berildi. U Ortaköydagi uyda yashadi. Shuningdek, u yerda Murodning uchinchi xotini Şayan Kadınni ham mehmon qilardi. Ogʻir davrda yashagani va moliyaviy ahvoli tang boʻlganiga qaramay, u doimo quvnoq va kulib yurardi. Keyinchalik „Familiya toʻgʻrisidagi qonun“ qabul qilingach, Reftaridil Hatgil familiyasini oldi.
Reftarıdil Kadın 1936-yil 3-martda vafot etdi.
Farzandlari Ismi Tugʻilgan yili Vafot etgan yili Izohlar Shahzoda Mehmed Salohiddin 1861-yil 5-avgust 1915-yil 29-aprel 7 marta uylangan, 8 oʻgʻil va 8 qiz farzand koʻrgan
Yana qarang
Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati
Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1839-yilda tugʻilganlar Turkum:1936-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:Cherkas ayollar