Muhammad Karim (1995-yil 1-mayda tugʻilgan) – pokistonlik togʻ changʻichsi va toʻrt karra olimpiya ishtirokchisi. U 2014-yilda Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashib, Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan ikkinchi pokistonlik sportchiga aylandi. Mazkur oʻyinlarda u gigant slalom yoʻnalishida ishtirok etib, 71-oʻrinni egalladi.
Karim 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida slalom yoʻnalishi bahslarida qatnashib, qishki oʻyinlarida ushbu yoʻnalishda bellashgan birinchi pokistonlik sportchiga aylandi. Shuningdek, u gigant slalom bahslarida ham ishtirok etib, 72-natijani qayd etdihttps://www.thejuggernaut.com/south-asian-athletes-winter-olympics-2026?u=be3d40e4-9167-4909-83fb-fe1a35692f3e.
Karyerasi Muhammad Karim 2011-yilda Hindistonda oʻtkazilgan Janubiy Osiyo Qishki oʻyinlarida debyut qilgan.
2013/2014-yilgi mavsum davomida u Eron va Turkiyada oʻtkazilgan International Ski Federation (FIS) musobaqalarida ishtirok etdi. Uning eng yaxshi natijalari gigant slalom yoʻnalishida 13-oʻrin va slalom yoʻnalishida 18-oʻrin boʻldi.
2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Sochi Olimpiadasida Muhammad Karim gigant slalom yoʻnalishida 3:27.41 ga qayd etgan holda 109 nafar sportchi orasida 71-oʻrinni egalladi.
2017-yilgi Qishki Osiyo oʻyinlari 2017-yilgi Qishki Osiyo oʻyinlarida u Pokiston sharafini himoya qildi
2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Koreyadagi Olimpiadada Karim gigant slalom (katta slalom) yoʻnalishida yoʻnalishida 2:54.04 ga qayd etgan holda 72-oʻrinni egalladi.
2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Pekinda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida u slalom yoʻnalishida ishtirok etdi, ammo musobaqani yakunlay olmadi.
Bayroqdorlik Karim 2014, 2018, 2022 va 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ochilish va yopilish marosimlarida Pokiston bayrogʻdori boʻlgan.
Manbalar
Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:1-mayda tugʻilganlar Turkum:Pokiston sportchilari