Gavharxon Xotun yoki Gavharxon Sulton (; – ) – Usmoniylar malikasi, sulton Mehmed II ( va 1451–1481) va Gulbahor xotunning qizi. Sulton Boyazid II ning () tugʻishgan opasi.
Yoshligi Gavharxon sulton Mehmed II va uning joriyasi Gulbahor xotunning qizi boʻlgan. Sulton Boyazid II uning tugʻishgan ukasi edi.
Nikohi 1474-yilda Gavharxon Uzun Hasan boshchiligidagi Oq qoʻyunlilar hukmdorining oʻgʻli Ugʻurlu Muhammadga turmushga chiqqan. Ugʻurlu Muhammad otasiga qarshi isyon koʻtarib, Usmoniylar huzuridan panoh izlagan. Mehmed II uni iliq kutib olgan va qizi Gavharxonga uylantirgan.
Sulton Mehmed hukmronligi davridagi Usmoniy malikalar, odatda, Usmoniylardan boʻlmaganlarga turmushga chiqmagan, holbuki avvalroq bunday holatlar tez-tez uchrar edi. Gavharxonning Ugʻurlu Muhammad bilan nikohi oʻsha davrdagi yagona istisno boʻlgan. Ugʻurlu Muhammad oʻz yurtidan quvgʻinda boʻlib, Usmoniylar saroyidan boshpana topgani bois Oq Qoʻyunlilar shahzodasiga Usmoniylar sulolasi xonadonining goʻyo qoʻshimcha aʼzosi sifatida qaralishi mumkin edi.
Mehmed II yangi kuyovini chegara viloyati Sivasga joylashtirgan va oʻz vaqtida unga meros boʻlgan yurtiga boʻlgan daʼvosini ilgari surishi uchun qurol-yarogʻ hamda askar bilan taʼminlab yordam berishini vaʼda qilgan. Ugʻurlu Muhammad 1477-yilda otasiga qarshi uyushtirgan isyonida halok boʻlgan.
Ularning nikohidan Abu Nasr Ahmadxon tugʻilgan. Otasi vafot etgani sababli Mehmed nabirasini Istanbulga keltirgan. Ahmad 1489-yilda togʻasi sulton Boyazid II ning qizi Aynishoh Sultonga uylangan.
Shundan keyingi davrda Gavharxon haqida maʼlumotlar uchramaydi. Biroq ayrim manbalarga koʻra, u Boyazid II davrida muhim davlat arbobi boʻlganHadim Sinon poshoga (sultonning opasiga uylangani aytiladi) turmushga chiqqanHammer-Purgstall, 1836, p. 339..
Ehtimol, Hadim Sinan posho Gavharxonning ikkinchi eri boʻlgan yoki u Boyazidning oʻgay opalaridan biriga (Boyazidning boshqa tugʻishgan opalari boʻlmagan koʻrinadi) uylangan boʻlishi mumkin. Manbalarda esa tugʻishgan opa yoki oʻgay opa ekanligi aniq keltirilmagan.
Vafoti Gavharxon Sulton taxminan 1514-yilda vafot etgan va Istanbulda joylashgan Fotih masjididagi onasining maqbarasi yoniga yoniga dafn etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:1514-yilda vafot etganlar