Shohi hammom (; ) yoki Vazirxon hammomi – Pokistonning Panjob viloyatining Lohur shahrida milodiy 1635-yilda imperator Shoh Jahon hukmronligi davrida qurilgan hammom. Boburiylar saroyining bosh tabibi Ilomiddin Ansoriy (Vazirxon nomi bilan tanilgan) tomonidan qurilganAsher, p.225Shelomo Dov Goitein. Studies in Islamic History and Institutions BRILL, 2010 p 170. Hammomlar Vazirxon masjidining saqlash xarajatlari uchun vaqf sifatida qurilgan.

Endilikda hamom sifatida ishlatilmaydigan bino 2013—2015-yillarda Ogʻa Xon madaniyat jamgʻarmasi va Lohur qal’a shahar maʼmuriyati tomonidan taʼmirlangan, mablagʻning katta qismi Norvegiya hukumati tomonidan taʼminlangan. Qayta tiklash loyihasi 2016-yilda UNESCO tomonidan hamamni muvaffaqiyatli saqlab qolgani uchun „xizmat koʻrsatish mukofoti“ bilan taqdirlangan va bu uni „avvalgi salobatiga“ qaytargan.

Joylashuvi Shohi hammom Lohurning eski shahar hududida, Dehli darvozasidan bir necha qadam narida joylashgan. Shohi hammom Boburiylar davridan qolgan Lohurdagi soʻnggi hammomdir.

Tarixiy maʼlumot Boburiylar davrida forscha uslubdagi hammomlar paydo boʻlgan, ammo ular Boburiylar imperiyasida Forsdagi kabi mashhurlikka erisha olmagan.

Tarixi Shohi hammom 1635-yilda Lohur hokimi Ilomiddin Ansoriy tomonidan Vazirxon masjidini oʻz ichiga olgan vaqfning bir qismi sifatida qurilgan. Hammomlar 18-asrga kelib Boburiylar imperiyasining tanazzuli va qulashi davrida foydalanilmay qolgan. Britaniya hukmronligining dastlabki davridan boshlab bino turli maqsadlarda – boshlangʻich maktab, dorixona va dam olish markazi, shuningdek, mahalliy hokimiyat idorasi sifatida ishlatilgan. Bundan tashqari, binoning shimoliy, gʻarbiy va janubiy jabhalariga doʻkonlar qurilgan.

2015-yilda yakunlangan restavratsiya ishlari doirasidagi qazishmalar natijasida binoning katta qismlari avvalroq buzib tashlangani aniqlandi; ehtimol bu 1860-yillarda Dehli darvozasi binosini qayta qurish uchun joy boʻshatish maqsadida amalga oshirilgan.

Tuzilishi

Hammom uch qismdan iborat boʻlgan: jamaxona (kiyinish joyi), nim garm (iliq hammomlar) va garm (issiq hammomlar). Hammomlar erkaklar va ayollar uchun alohida boʻlgan hamda qabul xonasi va kichik namozxonani oʻz ichiga olgan.

Meʼmorchiligi Fors anʼanalariga muvofiq, hammom ichiga quyosh nuri tomdagi bir nechta teshiklar orqali tushib, yorugʻlik bilan taʼminlagan hamda shamollatishga yordam bergan. Hammom ichki qismining katta qismi yaxlit holda saqlanib qolgan va Boburiylar davriga oid bir nechta freskalar saqlab qolingan. Fasadida derazalar kam boʻlgani sababli, savdogarlarga hammomning tashqi devorlari boʻylab doʻkon ochishga ruxsat berilgan.

Konservatsiya

Ogʻa Xon madaniyat jamgʻarmasi (AKTC) Norvegiya hukumati moliyaviy koʻmagida hammomni saqlab qolish, binoning asl tuzilishini tiklash hamda devorlarni bezab turgan Boburiylar davriga oid freskalarni ochish va asrash maqsadida restavratsiya ishlarini boshladi. Ishlar 2015-yilda yakunlandi va aytilishicha, bu oʻzgarishlar atrof-muhitni „keskin darajada“ oʻzgartirgan.

2016-yilda UNESCO Shohi hammomni restavratsiya qilish loyihasiga „yuqori darajadagi texnik mahorat“ va „nafis Shohi hammomni oʻzining avvalgi salobatiga qaytargani uchun“ Faxriy mukofot topshirdi.

Qazishmalar natijasida suv isitish inshooti, drenaj tizimlari va pol ostidagi gipokaust tizimlarining qoldiqlari topildi.

Galereya

Manbalar

Adabiyotlar

Khan, Ahmad Nabi. Islamic Architecture of Pakistan: An Analytical Exposition. Islamabad: National Hijra Council, 1990. Koch, Ebba. Mughal Architecture New Delhi: Oxford University Press, 2002. Michell, George (editor). Architecture of the Islamic World: Its history and Social Meaning London: Thames and Hudson, 1978. Muhammad Wali Ulla Khan. Lahore and its Important Monuments Karachi: Anjuman Press, 1973. Mumtaz, Kamil Khan. Architecture in Pakistan. Singapore: Concept Media Pte Ltd, 1985. Rajput, A. B. Architecture in Pakistan Karachi: Pakistan Publications, 1963.

Turkum:Pokiston madaniyati Turkum:Boburiylar madaniyati Turkum:Lohur Turkum:Hammomlar