Sunan ad-Darimiy () yoki Musnad ad-Darimiy () ad-Darimiy tomonidan tuzilgan hadis toʻplami boʻlib, sunniy musulmonlar uni mashhur toʻqqiz toʻplam qatoriga kiritadilar: Al-Kutub as-Sitta, Muvatto Molik va Musnad Ahmad.
Nomida musnad soʻzi boʻlishiga qaramay, u boshqa musnadlar (masalan, Tayolisiy yoki Ibn Hanbalniki) kabi roviylar boʻyicha tartiblanmagan. U Sunani Ibn Moja kabi sunan kitoblari uslubida mavzular boʻyicha tartiblangan.
Tavsifi U Al-Maktaba ash-Shomila maʼlumotiga koʻra taxminan 3 833 hadisni oʻz ichiga oladi va ular mavzular boʻyicha tartiblangan. Ularning aksariyati sahih, ayrimlari esa zaif deb hisoblanadi.
Rivoyat zanjiri Dorimiy bu hadislarni Iso ibn Umar as-Samarqandiyga rivoyat qilgan. Uning vafot sanasi nomaʼlum, biroq ehtimol hijriy 293-yildan keyin vafot etgan boʻlishi mumkin. Shundan soʻng kitob quyidagilarga oʻtgan: Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamovayh as-Sarxasiy (hijriy 293–381) Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muzaffar ad-Dovudiy „Jamal al-Islom“ (hijriy 374–467) Abu-l-Vaqt Abd al-Avval ibn Iso ibn Shuayb as-Sijizziy (hijry 458–553)
Nashr qilingan tahrirlar
Husayn Salim Asad tahriri, Dor al-Magʻniy, hijriy 1420 /milodiy 2000, 151–153-betlar al-Musnad al-Jomiʼ – Sunan ad-Dorimiy (المُسْنَد الجَامِع المعروف سُنَن الدَّارِمِي) Imom Abu Muhammad ad-Dorimiy, Nashr: Muʼassasat ar-Risola | Bayrut, Livan .
Yana qarang Sunniy kitoblar roʻyxati Kutub as-Sitta Sahihi Muslim Sahihi at-Termiziy Sunani Abu Dovud Shuningdek: Sunani Ibn Moja, Muvatto Molik
Manbalar
Turkum:9-asr arab tilidagi kitoblar Turkum:10-asr arab tilidagi kitoblar Turkum:Sunniy adabiyoti Turkum:Sunniy hadis toʻplamlari Turkum:Al-Sunan toʻplamlari