Bahouddin Sam I (forscha: بهاء الدین سام) 1149-yilda qisqa muddat hukmronlik qilgan Gʻuriylar hukmdori boʻlgan. Sayfiddin Suriyning ukasi va vorisi edi. Biografiyasi Gʻuriylar hukmdori Sayfiddin Suriy taxtga oʻtirgach, Gʻuriylar davlatini ukalari oʻrtasida taqsimladi. Jumladan, Faxriddin Masud Tajan daryosi yaqinidagi yerlarni oldi. Bahouddin Sam I Gʻurni, Shihabiddin Muhammad Xarnak Madinni, Shuja ud-Din Ali Jarmasni, Alovuddin Husayn Vojiristonni; Qutbiddin Muhammad esa Varshad Varshni olib, u yerda mashhur Firuzkuh shahrini barpo etdiHistory of Civilizations of Central Asia, C. E. Bosworth, M. S. Asimov, pp. 185-186.. Biroq, keyinchalik Sayfiddin ukasi Qutb bilan janjallashdi. Qutb Gʻaznaga boshpana izlab bordi va u yerda Gʻaznaviylar sultoni Bahromshoh tomonidan zaharlab oʻldirildi.
Ukasi uchun qasos olish maqsadida Sayfiddin 1148-yilda Gʻaznaga yurish qildi va Gʻazna jangida gʻalaba qozondi, Bahrom esa Kurramga qochdiC. E. Bosworth, The Later Ghaznavids, 113-114.. Bahrom qoʻshin toʻplab, yana Gʻaznaga qaytdi. Sayfiddin chekindi, biroq Gʻaznaviylar qoʻshini uni quvib yetdi va Sangi Suraxda jang boʻldi. Sayfiddin hamda Majd ud-Din Musaviy asir olinib, keyinchalik Pulii Yak Taqda xochga tortib qatl etildi.
Sayfiddinning vafotidan soʻng taxtga ukasi Bahouddin Sam I oʻtirdi. Bahouddin Firuzkuhda qurilish ishlarini davom ettirdi hamda ikki akasining oʻlimi uchun qasos olish maqsadida Gʻaznaga yurish qilish uchun qoʻshin tayyorladi. Biroq, shaharga yetib borishidan oldin tez orada tabiiy sabablarga koʻra vafot etdi. Shundan soʻng Sayfiddun va Bahouddinning ukasi Alovuddin Husayn Gʻuriylar taxtiga oʻtirdi. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:12-asr eroniylari Turkum:Gʻuriylar sulolasi Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar