Sharona masjid, (; yoki ; ) oʻzbekchada Bezatilgan masjid yoki Boʻyalgan masjid maʼnolarini anglatadi. Ushbu masjid Shimoliy Makedoniyaning Tetovo shahridagi Pena daryosi yaqinida joylashgan. Masjid dastlab 1438-yilda qurilgan va keyinchalik 1833-yilda Abdurahmon Posho tomonidan qayta tiklangan. Klassik Usmonli davrining boshqa masjidlaridan farqli oʻlaroq, Sharona masjidi Konstantinopol zabt etilishidan avval qurilgani sababli Vizantiya taʼsiridagi gumbazli uslubdan koʻra, Onadoʻlining anʼanaviy masjidlariga xos xususiyatlarga binoan qurilgan.
Tarixi
Sharona masjidi dastlab 1438-yilda qurilgan.106-bet – Binoning meʼmori Isʼhoq Bey boʻlgan.
Oʻsha davrdagi aksariyat masjidlar Sulton, Bey yoki Posholar tomonidan moliyalashtirilgan boʻlsa, Sharona masjidi Tetovolik ikki opa-singil tomonidan moliyalashtirilgan.Enduring Time " Notes from Near and Far Koʻpgina masjidlar kabi, daryoning narigi tomonida yaqin joyda turk hammomi ham qurilgan.
Ilgari bu hududda mehmonxona va daryoning narigi tomonida hammom ham mavjud edi. Hozirgi kunda Sharona masjidi hovlisi koʻplab gullar, favvora va Turba bilan toʻla. Sakkiz burchakli „turba“da 1438-yilda masjid qurilishini moliyalashtirgan ikki opa-singil – Xurshida va Mensurening qabri joylashgan.
Abdurahmon Posho, sanʼatga juda qiziqqan va Tetovoni yaxshi koʻrgan shaxs sifatida, 1833-yilda Sharona masjidini qayta taʼmirlatgan.
Meʼmorchiligi
Usmonli masjidlaridagi anʼanaviy sopol koshinlar (plitkalar) bilan bezashdan farqli oʻlaroq, Sharona masjidi yorqin gulli rasmlar bilan bezatilgan.Lonely Planet Western Balkans – Google Books
Ushbu murakkab bezaklar va sirlarni tayyorlash uchun 30 000 dan ortiq tuxum ishlatilgan. Masjidning boshqa Usmonli masjidlaridan yana bir katta farqi shundaki, uning tashqi qismida yaqqol ajralib turuvchi gumbazi yoʻq.
Tasviriy bezaklar orasida, ayniqsa, Makka shahrining tasviri diqqatga sazovordir. Bu Janubi-sharqiy Yevropadagi Islom paygʻambari Muhammad (s.a.v.) ziyoratgohining noyob va ehtimol yagona tasviri hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Shimoliy Makedoniyadagi Usmonli masjidlari Turkum:Tetovo Turkum:1438-yilda qurib bitkazilgan binolar Turkum:1430-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar