At-Tavba masjidi – Livanning Shimoliy gubernatorligidagi Tripoli shahrida joylashgan masjid. Masjid Mamluklar davrida, XIV asrda qurilgan.
Tarixi Asos solinganiga oid yozuv mavjud emas, shu bois masjid qurilishining aniq yili maʼlum emas. Biroq u An-Nosir Muhammadning uchinchi hukmronligi davrida bunyod etilgani taxmin qilinadi.
Bino 1612-yil 20-yanvarda yuz bergan toshqin oqibatida vayron boʻlgan. Masjid oʻsha yilning iyunida qayta tiklangan. Yozuvda Tripoli hokimi Husayn posho ibn Yusuf Sayfa tomonidan amalga oshirilgan qurilish va taʼmirlash ishlari haqida soʻz boradi.
Meʼmorchiligi Binoning tashqi qismi bezatilmagan. Inshootning shimoli-gʻarbiy burchagida minora bor. Kvadrat poydevor ustida sakkiz qirrali ustun koʻtarilgan. Uning tepasida kvadrat ayvoncha joylashgan.
Kirish qismi koʻcha sathidan pastda, ravoq bilan yopilgan bir necha zinapoya eshikka tomon pastga olib tushadi. Markaziy qism – namozxona boʻlib, u gumbazsimon yopmalar bilan qoplangan, ularning ustida uchta yashil gumbaz tom hosil qiladi. Uning markazida oʻq boʻylab joylashgan mehrob boʻlib, Mansuriy katta masjididagidek, uning ikki yonida ikkita kichik mehrob joylashgan.
Galereya
Yana qarang
Livanda Islom Livandagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Livandagi masjidlar