Al-Barka katta masjidi () Indoneziyaning Gʻarbiy Yava provinsiyasi, Bekasi shahridagi jome masjididir. U 1894-yilda ochilgan boʻlib, Bekasi shahridagi eng yirik masjid hisoblanadiMASJID Agung AL-BARKAH . Dunia Masjid. Retrieved November 6, 2024..
Tavsif Al-Barka katta masjidi Bekasidagi diqqatga sazovor obida boʻlib, bir necha bor taʼmirdan oʻtkazilgan. U 1890-yilda qurilgan va shahar maydonidan bir necha metr narida joylashgan. Asosiy eshigi Yaqin Sharqga xos geometrik naqshlar oʻyilgan teak yogʻochidan yasalgan.
Bekasi shahrida al-Barka katta masjidini qurishga tayyorgarlik 2003-yilda shahar maydoni, yoʻllar va mavjud boshqa inshootlar joylashuvini qayta tartibga keltirishdan boshlandi. Masjid yanada zamonaviy qilib loyihalangan boʻlsa-da, Yaqin Sharq meʼmorchiligiga xos jihatlarni saqlab qolgan. Oʻsha paytdagi shahar hokimida Bekasi shahrining ramziga aylanadigan, munosib katta masjidni taqdim etish istagi boʻlgan. 10 000 nafargacha ibodat qiluvchini oʻzida sigʻdira oladigan masjidda hijriy 1443-yil Ramazon hayiti namozi (2022-yil 2-may) oʻqilganda sogʻliqni saqlash protokollari joriy etilgani sababli atigi 2 500 nafar kishi namoz oʻqigan.
Yana qarang
Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar