Roshanak Wardak (; 1962-yil, Vardak, Afgʻoniston) – afgʻonistonlik ginekolog va Vardak viloyatining sobiq siyosatchisi. 2021-yilda Roshanak ellik nafar afgʻon ayollari kabi BBC tomonidan „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.
Tarjimayi holi Roshanak 1962-yilda Vardak viloyatida tugʻilib oʻsgan. 2021-yildagi maʼlumotga asosan turmushga chiqmagan va Saydabodda yashaydi hamda tumandagi xususiy klinikani boshqaradi.
Faoliyati 1990-yillarning boshlarida Afgʻonistondagi fuqarolar urushi paytida otasi oʻldirilgan va Roshanak Pokistonga qochib ketib, oʻsha yerdagi boshqa qochqinlarga tibbiy yordam koʻrsatgan. Soʻngra Roshanak Afgʻonistonga qaytib keladi hamda Vardak viloyatida 40 dan ortiq ayol tugʻuruq paytida vafot etganini bilib, 1996-yildan ginekologiya sohasida ishlay boshlaydi. Oʻsha yili, Tolibon hokimiyatga kelishidan biroz oldin, Roshanak oʻzining birinchi klinikasini ochadi. Oʻsha davrda Roshanak oʻz viloyatida faoliyat yuritgan yagona ayol shifokor boʻlgan, shuningdek, mahalliy anʼanalarga qarshi chiqib, burqa kiyishdan bosh tortadi, ammo hijob kiyib yurgan. Roshanak 2010-yilda siyosiy faoliyatini tugaganidan keyin ham shifokorlik faoliyatini davom ettirgan. Roshanakning otasi va bobosi mahalliy siyosatchilar boʻlishgan, 2005-yilgi parlament saylovlarida Roshanak mustaqil nomzod sifatida qatnashib, Vardak viloyatidan Xalq palatasi aʼzosi etib saylangan. Deputatlik davrida Gʻarbning Afgʻonistonga harbiy aralashuviga tanqidiy yondashib, yanada mustahkam kelishuvlarga erishish va mojaroning oldini olish uchun Tolibon bilan aloqalarni oʻrnatishni qoʻllab-quvvatlagan. Yana Roshanak 1990-yillarning oxirida mavjud boʻlgan Tolibon hukumatining boshqaruv elementlarini, jumladan ularning mamlakatda oʻrnatgan xavfsizlik darajasini yuqori baholagan, biroq Tolibonning keyingi isyoniga tanqidiy munosabatda boʻlib, ularni bir guruh jinoyatchilar bilan taqqoslagan. Roshanak Tolibonning ayollar taʼlimi boʻyicha siyosatini tanqid qilib, 2010-yilda Tolibonni qoʻllab-quvvatlash eng yuqori boʻlgan Vardak viloyatidagi pushtun hududularida qizlar uchun maktablar yoʻqligini taʼkidlaydi. Roshanak deputat boʻlganida Saydabod kasalxonasida toʻliq ish kuniga ega boʻlmagan shifokor sifatida ham ishlashni davom ettirgan. 2010-yilgi parlament saylovlaridan keyin Roshanak deputat boʻlishdan voz kechadi, saylov kampaniyasi davomida unga Tolibon vakillaridan tahdidlar boʻlgan hamda boshqa nomzodlarni saylovda aralashishda ayblagan. Vardak 2022-yil avgust oyida Kobul qulaganidan keyin dastllab Tolibonning hokimiyatga qaytishini yuqori baholab, Ashraf Gʻani boshchiligidagi avvalgi hukumatni korrupsiyalashgan deb hisoblaydi. Shundan keyin esa Tolibonning boshqaruv tizimiga, ayniqsa qizlar taʼlimi boʻyicha munosabatiga nisbatan tanqidiy munosabatda boʻla boshlagan va butun mamlakat boʻylab qizlar uchun maktablar ochishni ommaviy ravishda qoʻllab-quvvatlagan.
Manbalar
Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Afgʻonistonda tugʻilganlar Turkum:Afgʻoniston ayol shifokorlari Turkum:BBC 100 ayol