Siti Djirzanah masjidi () – Xitoy va Niderland meʼmorchiligi xususiyatlariga ega masjid boʻlib, Indoneziyadagi Yogyakarta shahri tarkibidagi Jalan Malioboro sayyohlik hududida, Beringharjo bozori roʻparasida joylashgan.
Tarixi Siti Djirzanah masjidi Yogyakarta sobiq meri Herri Zudianto va uning oilasi tomonidan 2009-yilda vafot etgan onasi Siti Djirzanah xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun qurilgan. Masjid qurilishidan avval bu joy doʻkon sifatida foydalanilgan.
Masjid qurilishi 2017-yil may oyida boshlangan va u 2018-yil 10-avgustda ochilgan.
Meʼmorchilik Siti Djirzanah masjidining balandligi 12 metr boʻlib, egallagan maydoni 147 kvadrat metrni tashkil etadi. U Malioboroning sharqiy tomonidagi doʻkonlar qatorida, Soenardi batik doʻkoni bilan elektronika doʻkoni orasida joylashgan.
Masjid Yogyakarta Madaniyat vazirligi belgilagan mezonlar asosida xitoy uslubida qurilgan. Masjid tarixiy Malioboro hududida joylashgani sababli, meʼmoriy rejalarni tasdiqlash jarayonida Madaniyat vazirligi ham ishtirok etgan. Malioboro hududida ancha katta xitoy diasporasi mavjud boʻlgani uchun xitoy meʼmorchiligi tanlangan.
Masjid fasadida „masjid“ soʻzi xitoy ierogliflarida (Hanzi: 清真寺), lotin yozuvida („Qingzhensi“), inglizcha va arabcha koʻrinishda yozilgan. Uning pastida katta, yumaloq soat bor. Masjid boshqa masjidlardagidek gumbaz yoki tom bezagi (indonezcha: mustaka)ga ega emas. Buning oʻrniga tomi xitoy ibodatxonasi tomiga oʻxshaydi. Masjidning ichki va tashqi qismida koʻk va sariq ranglar uygʻunligi qoʻllangan; ichki devorlar import qilingan koʻk granit bilan qoplangan. Erkaklar zali yuqori qavatda, ayollar zali esa quyi qavatda joylashgan.
Yana qarang
Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar