Pakualaman katta masjidi () – Indoneziyaning Yogyakarta shahridagi Kauman hududida joylashgan yava masjidi. U Pakualamanning qirollik masjididir.
Tarixi
Masjid 1831–1850-yillar oraligʻida, Yava urushi yakunlanganidan soʻng qurilgan. Uning qurilishini keyinchalik Paku Alam II boʻlgan KRT Natadiningrat boshlab bergan. Loyiha 1829-yilda vafotidan avval keyinchalik Paku Alam I boʻlgan BRM Surjadi rahbarligida amalga oshirilgan. Surjadi masjid qurilishi yakunlanishidan oldin vafot etgan boʻlsa-da, uning qarashlari masjidning dizayni va maqsadini shakllantirishda muhim rol oʻynagan.
Pakualaman saroy majmuasining janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan masjid ham diniy markaz, ham qirollik hokimiyatining ramzi boʻlib xizmat qilgan. Masjidning barpo etilishi haqida tarixiy maʼlumot beruvchi arab va yava yozuvlari mavjud boʻlib, ular madaniy yodgorlik sifatida hanuz saqlab kelinmoqda.
Meʼmorchilik
Pakualaman katta masjidi anʼanaviy yava meʼmorchiligining nafis namunasi hisoblanadi. Dastlab uning rejasi toʻrtburchak boʻlgan. Tojga oʻxshatib ishlangan tom masjidning qirollik maqomini aks ettiradi. Asosiy namozxonada podshoh uchun ajratilgan namoz joyi bor. Ushbu maxsus qism puxta ishlangan yogʻochdan yasalgan boʻlib, gul naqshlari hamda arab xattotligi bilan bezatilgan. Shuningdek, u asosiy pol sathidan biroz balandroq qilib ishlangan boʻlib, bu uning ahamiyatini bildiradi.
Restavratsiya ishlari davomida arab tilida ikki va yava tilida ikki yozuv topilgan. Ularni saqlanishi va koʻrinishini taʼminlash uchun keyinchalik old ayvon devoriga koʻchirib, oʻrnatilgan.
Keyingi davrda, Paku Alam VIII hukmronligi paytida masjidning sharqiy tomoniga ayvon (terrasa) qoʻshilgan. Bu qoʻshimcha ham funksional, ham estetik maqsadlarga xizmat qilgan. Biroq 2017-yilda muhofaza qilish loyihasi doirasida ayvon demontaj qilingan. Pol plitkalari asl dizaynga oʻxshashlari bilan almashtirilib, oʻsha qism ustidagi tom asosiy namozxona tomidan pastroq qilib qayta moslangan, natijada masjidning dastlabki tuzilishiga yaqinlashtirilgan.
Yana qarang
Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar