Muhammad ibn Muhammad al-Arif Ardabiliy () XIV asr shoiri bo‘lib, asosan 1369—1372-yillar oralig‘ida yozilgan forsiy Farhodnoma dostoni muallifi sifatida tanilgan.
Hayoti U haqida ko‘p ma’lumot saqlanib qolmagan. 1311-yilda Ardabil shahrida tug‘ilgan. Shirvonshoh Kavus saroyiga olib kelingan va saroy shoiri bo‘lgan. U o‘zining magnum opusi — Farhodnomani 1369—1372-yillar orasida (fors tilida) yakunlagan. Unga Nizomiy Ganjaviy kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ardabiliy Shirvonshoh Hushangning () ustozi bo‘lgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:14-asr fors tili shoirlari Turkum:1311-yilda tugʻilganlar Turkum:Shirvonshohlar saroyi shoirlari