Mavtan — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Uzunbuloq mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomining aniq ilmiy etimologiyasi nomaʼlum. Mahalliy rivoyatlarga ko‘ra, qishloq nomi uni asos solgan shaxs nomi bilan bog‘liq. Qishloq oqsoqollarining aytishicha, taxminan 300–400 yil avval bu hududga Abdumavtan ismli kishi kelib joylashgan. Keyinchalik uning avlodlari ko‘payib, shu hududda alohida qishloq shakllangan.

Ayni paytda Mavtan qishlog‘ida 50 ga yaqin xonadon istiqomat qiladi.

Vaqt o‘tishi bilan Abdumavtan ismi qisqarib Mavtan shakliga o‘zgargan deb qaraladi. Ayrim talqinlarga ko‘ra, mavtan so‘zi fors tiliga oid bo‘lib, vatan, maskan yoki tinch yashash joyi maʼnolarini anglatadiNafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009..

Manbalar

Turkum:Baxmal tumani