Hayriye Xonimsulton (; 1846-yil iyun — 1869-yil 26-iyul) — Usmoniylar malikasi, Odila sulton va Damat Mehmed Ali poshoning qizi.
Hayoti Hayriye Xonimsulton 1846-yil iyun oyida tugʻilgan. Uning otasi Elhac Umar Ogʻaning oʻgʻli Damat Mehmed Ali posho, onasi esa Sulton Mahmud II va Zernigâr xonimning qizi Odila Sulton edi. Hayriyening Sultonzoda Ismoil bey, Shodika Xonimsulton, Aliye Xonimsulton ismli tugʻishgan uka-singillari boʻlib, ularning barchasi goʻdaklik chogʻida vafot etgan. Hayriyening ota bir, ona boshqa akasi Mahmud Adham posho Sulton Abdulmajid I ning qizi Refia Sultonga uylangan. Shuningdek, uning Hadicha Xonim ismli ota bir opasi ham boʻlgan. Hayriye pianino darslarini turk bastakori, shoir va yozuvchi Leyla Sazdan olgan.
1865-yil 10-iyun kuni u Mehmed Kani poshoning oʻgʻli Ahmed Rıfat beyga unashtirilgan. Biroq 6 oy oʻtib unashtiruv bekor qilingan. Bir manbaga koʻra, kibri bilan tanilgan Kani posho malikaga qimmatbaho sovgʻa taqdim etishni istamagan. Boshqa manbaga koʻra, u İşkodralı Mustafa Şerif poshoning oʻgʻli Ali Rızo beyga oshiq boʻlgan. Unashtiruv bekor qilingach, Ahmed Rıfat beyning harbiy xizmati tugatilgan. Shundan soʻng u Sankt-Peterburgga yuborilgan.
1866-yil 17-aprelda Hayriye Ali Rıza beyga turmushga chiqqan. Toʻy 1866-yil 22-aprelda Kuruçeşme saroyida boʻlib oʻtgan. Er-xotinga yashash uchun Çamlıcada bir villa berilgan. Ularning ikki oʻgʻli va bir qizi boʻlgan, biroq barchasi goʻdaklik chogʻida vafot etgan, shuningdek, bir necha bor homila tushishi ham kuzatilgan. Otasi 1868-yilda vafot etgach, Hayriye Eyüpda otasining maqbarasi yonida bir zaviya (tekke) qurdirgan.
Hayriye Xonimsulton 1869-yil 26-iyulda sil kasalligidan vafot etgan va otasining maqbarasiga dafn qilingan.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1846-yilda tugʻilganlar Turkum:1869-yilda vafot etganlar Turkum:Istanbuldan bo‘lgan qirollik a’zolari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari