Munira Sulton (; 1844-yil 9-dekabr — 1862-yil 29-iyun) — Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I va uning ayollaridan biri Verdicenan Kadınning qizi.

Yoshligi Munira Sulton 1844-yil 9-dekabrda Topkapı saroyida tugʻilgan. Otasi sulton Abdulmajid I, onasi esa Verdicenan Kadın boʻlib, Verdicenan shahzoda Kaytuk Giorgi Achba va malika Yelizaveta xonimning qizi edi. Munira Verdicenan Kadınning eng katta farzandi boʻlgan. Undan 3 yosh kichik Shahzoda Ahmad Kamoliddin ismli ukasi va asrab olingan Mediha Sulton ismli singlisi bor edi.

Birinchi nikohi Fotiha 1854-yil mart oyida Istanbuldan kelgan xabarchi Munira Sultonning shahzoda Ibrohim Ilhomiy poshoga unashtirilganini eʼlon qilgan. U misrlik Abbos I Hilmiy va uning rafiqasi Mahivech xonimning oʻgʻli edi. Nikoh munosabati bilan katta ommaviy bayramlar eʼlon qilingan, shuningdek, Abbos I ham bu xabardan nihoyatda mamnun ekani aytilgan. Ibrohim posho unashtiruv sovgʻalari sifatida unga yirik toshli qimmatbaho uzuk, sirgʻalar, tomchi shaklidagi taqinchoq va yana bir qancha sovgʻalar yuborgan. Onasi Verdicenan Kadın qiziga kelgan atirlar va taomlardan baʼzilarini boshqa malikalariga bergan, shuningdek, ularni oʻz atrofigidagi odamlarga ham teng taqsimlab tarqatgan. Ularning fotihasi Shamsiposho saroyida boʻlib oʻtgan.

Toʻy Munira Sultonning toʻyi 1857-yil 17-may kuni Istanbuldagi Baltalimonı sohil boʻyidagi katta uyda boʻlib oʻtgan. Xuddi shu kuni uning oʻgay opasi Jamila Sultonning ham toʻyi nishonlangan. Marosim xarajatlari keskin tanqid qilingan, chunki Usmoniylar qoʻshini endigina Chernogoriyada ogʻir magʻlubiyatlarga uchragan, Krit esa qoʻzgʻolon koʻtargan edi. Nikoh marosimi 1857-yil 31-iyulda yakuniga yetgan. Er-xotinning yashashi uchun Findiklida joylashgan saroy berilgan.

Ikkinchi nikohi 1860-yilda shahzoda Ibrohim Ilhomiy vafot etgach, Munira Sulton beva qolgan. Bosforni kesib oʻtayotganda Bebek saroyi yaqinida shahzoda Ibrohim Ilhomiyning qayigʻi agʻdarilib ketib vafot etgan edi. 1861-yil 2-yanvarda Munira Sulton Damat Ferik Ibrohim poshoga turmushga chiqqan. Posho Serasker Rizo poshoning oʻgʻli boʻlgan. Er-xotinning 1861-yil 16-dekabrda tugʻilgan Sultonzoda Aloviddin bey ismli oʻgʻli boʻlgan.

Vafoti Munira Sulton 1862-yil 29-iyunda Findiklidagi saroyida 17 yoshida vafot etgan va Istanbuldagi Fotih masjidi Nakshidil Sulton maqbarasiga dafn etilgan.

Farzandlari Ism Tugʻilgan Vafot etgan Izohlar 1861-yil 2-yanvarda turmush qurgan Damat Ibrohim poshodan (1828–1880) Sultonzoda Aloviddin bey1861-yil 16-dekabr 1915 Uylanmagan, farzandsiz.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1844-yilda tugʻilganlar Turkum:1862-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari