Carlotta Vagnoli (1987-yil 6-noyabrda tugʻilgan) — italiyalik feminist, aktivist va muallif. Ijodi gender tengligi, jinsiy rozilik va genderga asoslangan zoʻravonlik masalalariga qaratilgan.

Yoshligi Carlotta Vagnoli 1987-yilda Florensiyada tugʻilgan va Marina di Castagneto Carducci qishlogʻida voyaga yetgan. Vagnoli universitetda oʻqish uchun Florensiyadan Milanga koʻchib borgan, talabalik yillarida u hatto tungi klubda barista boʻlib ham ishlagan.

Faoliyati 2015-yilda Vagnoli „GQ“ va „Playboy“ jurnallari bilan jinsiy hayot mavzusida maqolalar yozish uchun kolumnist sifatida hamkorlik qila boshladi. Soʻngra gender tengligi va genderga asoslangan zoʻravonlik mavzularini tadqiq etishni boshlab, „GQ“ jurnali uchun Tiziana Cantonening oʻlimi haqida maqola yozdi. Keyinchalik u oʻzining ushbu maqolasini „burilish nuqtasi“ deb atagan.

Keyingi yillarda Vagnoli internet tarmogʻidagi asosiy italiyalik feminis faollardan biri sifatida tanildi, bunga uning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, xususan, Instagram ijtimoiy tarmogʻi orqali rozilik, gender tengligi va zararli gender stereotiplarini dekonstruksiya qilish zarurati haqida xabardorlikni oshirgani sabab boʻldi. 2021-yilda Fabbri Editori uning „Maledetta sfortuna“ (Laʼnati omadsizlik) deb nomlangan birinchi kitobini nashr etdi. Bu esse ayollarga nisbatan zoʻravonlikning ildizida yotuvchi madaniy stereotiplar va patriarxal tuzilmalarni tahlil qiladi. Esse jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinib, Italiyada eng koʻp sotilgan non-fikshn kitoblar reytingida uchinchi oʻrindan joy egalladi va toʻrt hafta davomida kuchli oʻnlik tarkibida qoldi.

2023-yildan beri u Antonio Dikele Distefano bilan birgalikda YouTubedagi „Basement Café“ podkastiga hamboshlovchilik qilib kelmoqda. Ushbu podkast teatr sahnasidan jonli tarzda yozib olinadi. 2025-yil mart oyida uning „Una stanza tutta per noi“ („Faqat biz uchun bir xona“) pyesasi Milandagi Carcano teatri sahnasida premyera qilingan. Hozirda Vagnoli „D — la Repubblica delle donne“ jurnali uchun maqolalar yozadi. Ushbu jurnal „la Republicca“ gazetasiga ilova qilingan jurnal hisoblanadi.

Huquqiy masala 2025-yil oktyabr oyida Vagnoliga Monza prokuraturasi tomonidan taʼqib va ogʻir tuhmat boʻyicha tergov olib borilayotgani haqida xabar berilgan. Bu ishda Vagnoli Valeria Fonte va yozuvchi Benedetta Sabene lar bilan birgalikda gumon qilinmoqda.

Ularning uchoviga qoʻyilgan ayblovga koʻra, ular internetda kampaniya olib borib, doʻstlaridan birining sobiq sherigini ruhiy zoʻravonlikda ayblagan va bu holat natijasida u erkakda oʻz joniga qasd qilish fikrlari paydo boʻlgan deb daʼvo qilingan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Italiyalik ayollar huquqlari faollari Turkum:Italiyalik feminist yozuvchilar