Xalqaro binafsharang hijob kuni (baʼzan Global roʻmol kuni yoki Xalqaro binafsharang roʻmol va kufi kuni nomi bilan ham tanilgan) xalqaro xotira kuni boʻlib, oilaviy zoʻravonlikni boshidan kechirganlarni yod etish uchun oʻtkaziladi. U har yili fevral oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Uni eng koʻp hollarda musulmonlar nishonlaydi, bunda ayollar binafsha rangli hijob taqadilar, biroq istagan kishi shu kuni sharflar, boʻyinbogʻ yoki kufi kabi binafsha rangli kiyim-kechak kiyish orqali bayramda ishtirok etishi mumkin.

Asosi Koʻpchilik odamlarda ayollarga nisbatan zoʻravonlik qilish Islomda joiz, degan qarash mavjud. Oilaviy zoʻravonlikni boshidan kechirgan ayollar bilan ishlaydigan Baytul Salaam tarmogʻi shunday deydi: „eng qabih stereotiplardan biri shuki, goʻyoki Islom erkaklarga xotinlarini urish huquqini beradi“. Birinchi bor Liviya hududida Binafsharang hijob kuni nishonlangan Liviya ayollari ovozi tashkiloti buni dahshatli notoʻgʻri talqin va dinni ataylab suiisteʼmol qilish deb hisoblaydi. Aksincha, ular Islom „musulmonlarga boshqalarga zarar yetkazmaslikni“ oʻrgatadi, deydi. Edmonton shahrida tadbir tashkil qilgan Sanaa Tariqning aytishicha, „musulmon ayollarni ezilgan, deb qarash kerak emas“, shuningdek, oilaviy zoʻravonlik — barcha ijtimoiy guruhlarni tashvishga soladigan muammo hisoblanadi.

Tarixi Aasiya Zubayr, amerikalik musulmon va Bridges TV telekanalidagi hammuassis eri tomonidan oʻldirilganida, uning yillar davomida eridan oilaviy zoʻravonlik koʻrib kelgani oshkor boʻldi. Uning oʻldirilishi „musulmon jamoalarida oilaviy zoʻravonlik masalasiga munosabatda keskin oʻzgarishlarga olib keldi“, deydi Baytul Salaam tarmogʻida ishlaydigan Aasiya Hadoyai Majid. Zubayrning oʻlimidan bir necha kun oʻtib, musulmon jamoalarida oilaviy zoʻravonlikka qarshi ochiq gapira boshlashga qaratilgan „quyi qatlamdan“ tashabbus paydo boʻldi. Zubayr 2009-yil 12-fevralda oʻldirilgan va shuning uchun Binafsharang hijob kuni har yili uning vafot etgan sanasiga yaqin kunda oʻtkazilib, uni va u boshidan kechirgan oilaviy zoʻravonlikni yodga olishga xizmat qiladi.

Birinchi Binafsharang hijob kuni 2010-yil 13-fevralda nishonlangan. Binafsharang tanlanishiga sabab, bu rang „motam bilan bogʻlanadi“. Binafsharang hijob kunini targʻib qiluvchilar bu kun ramziy ahamiyatga egaligini taʼkidlaydilar, biroq „birlikda harakat qilish jamoalarimizda taraqqiyot haqida kuchli xabar beradi“, deydilar. Birinchi yil tadbirlari doirasida Rod-Aylendda seminarlar, Atlantada ibodat kechalari va bir daqiqa sukut saqlash marosimi oʻtkazilgan.

Tadbirlar Liviya bu kunni nishonlash doirasida anonim tarzda toʻldirilishi mumkin boʻlgan va ayollardan oilaviy zoʻravonlik haqida soʻrovnomalar anketa toʻldirish orqali amalga oshirilgan. Soʻrov natijalari Liviya Bosh vaziriga taqdim etilgan.

Baʼzi guruhlar, masalan, Irlandiya Islom madaniyat markazi ushbu kunni boshqa kunda — chorshanba kuni nishonlashni tanlab, maʼlumotlar taqdim etgan va mehmonlarga choy tortiq qilingan.

2015-yilda Binafsharang hijob kuni haqida xabardorlikni oshirish maqsadida #EndViolenceAgainstWomen, #PurpleHijabDay va #MuslimLivesMatter kabi xeshteglardan foydalanilgan.

Yana qarang Butunjahon hijob kuni

Manbalar

Havolalar Binafsharang hijob kuni

Turkum:Islom Turkum:Ayollar huquqlari