Sayyid Mumtoz Ali Deobandiy (27-sentyabr 1860 — 15-iyun 1935) hindistonlik sunniy ulamo va 19-asr oxirida ayollar huquqlari himoyachisi boʻlgan. U Dorul Ulum Deoband bitiruvchisi edi. Uning Huquq-e-Nisvon kitobi va rafiqasi Muhammadi Begim bilan birga boshlab yuborgan Tahzib-un-Nisvon jurnali ayollar huquqlari borasidagi kashshof asarlar qatoriga kiritiladi.
Hayoti Sayyid Mumtoz Ali 1860-yil 27-sentyabrda Britaniya Hindistonining Deoband shahrida tugʻilgan. U oʻz zamonasining mashhur ulamolaridan biri, Mahmud Hasan Deobandiyning zamondoshi va hammaslagi boʻlgan hamda Dorul Ulum Deobandda Muhammad Yoqub Nanautaviy va Muhammad Qosim Nanautaviylardan taʼlim olgan.
Deoband madrasasini tamomlagach, Mumtoz Ali Lahorga koʻchib oʻtdi va „Dorul Ishoat“ nashriyotini tashkil qildi. 1898-yil 1-iyulda u rafiqasi Muhammadi Begim muharrirligida Tahzib-un-Nisvon jurnalini chiqardi. Bu jurnal chop etilishi 1949-yilgacha davom etdi. 1898-yilda u Lahorda „Rifoh-e-Om matbaasi“ nomli nashriyotni yoʻlga qoʻydi; bu Lahorda egasi musulmon boʻlgan birinchi matbaa sanaladi. 1905-yilda u Mushir-e-Modar (Onaga maslahatchi) nomli jurnalni, 1909-yilda esa bolalar uchun moʻljallangan Phul (Gul) jurnalini chiqara boshladi, va shu tariqa urdu tilidagi bolalar adabiyotiga asos soldi.
Mumtoz Ali 1934-yilda Britaniya Hindistoni hukumati tomonidan „Shams-ul-Ulamo“ (maʼnosi: „Olimlar quyoshi“) unvoni bilan taqdirlangan. U 1935-yil 15-iyunda Lahorda vafot etgan.
Adabiy merosi Huquq-e-Nisvon Taz̲kiratulanbiyo''' Tafsil ul-bayon fi maqosid al-Qurʼon (6 jild) Naqsh bo uṭhe Merosi Amerikalik tarixchi Gail Minault „Sayyid Mumtaz Ali and 'Huquq un-Niswanʼ: An Advocate of Womenʼs Rights in Islam in the Late Nineteenth Century“ maqolasida Mumtoz Alining Huquq-e-Nisvon asari haqida shunday deydi: „Huquq-e-Nisvon shubhasiz oʻz davri uchun haddan tashqari ilgʻor asar edi. Bugungi kunda musulmon shaxsiy huquqini isloh qilish zarurati borasidagi munozarolarni inobatga olgan holda, shariatda ayollar huquqlari himoyasi yoʻlidagi bu ilk fidoyini yodga olish joizdir“. Mumtoz Alining Tafsil ul-bayon fi maqosid al-Qurʼon'' asarini yuqori baholar ekan, sobiq Quddus bosh muftiyi Amin al-Husayniy „bunday kitob arab dunyosida ham mavjud emas“, deya taʼkidlaydi. Mumtoz Alining Qurʼonga bagʻishlangan ushbu 6 jildlik asari Anvar Shah Kashmiriy, Abul Kalam Azad va Sayyid Sulaymon Nadviy kabi ilm ahli tomonidan ham maqtovga sazovor boʻlgan.
Manbalar
Turkum:27-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1860-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayollar huquqlari faollari